Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


O‘rta  Osiyoga  arab  paleografiyasining  kirib  kelishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

O‘rta  Osiyoga  arab  paleografiyasining  kirib  kelishi.  Arablar  islom  dini 

bilan  birga  Xuroson  va  Movaraunnaxrga  o‗z  yozuvlarini  ham  olib  kirganlar.  Bu 

yozuv asta-sekin bu hududlarda tarqala boshlagan va Abbosiylar hukmronligining 

ikkinchi asri o‗rtalarida (X asr boshlarida) Eron hududida amalda qo‗llanib turgan 

pahlaviy  yozuvini  va  O‗rta  Osiyodagi  yozuvlarni  butunlay  iste'moldan  siqib 

chiqargan.  Arab  yozuvining  bunchalik  tez  tarqalishiga  sabab,  birinchidan, 

muqaddas  kitob  hisoblangan  Qur'oni  karim  shu  yozuvda  yozlgan  bo‗lsa, 

ikkinchidan,  arab  yozuvi  mavjud  mahalliy  yozuvlarga  qaraganda  soddaroq  va 

o‗rganish qulay yozuv bo‗lgan. 

Xuroson  va  O‗rta  Osiyoning  mahalliy  aholisi  arab  yozuvini  hyech  bir 

o‗zgarishsiz  qabul  qilgan,  lekin  bu  yangi  yozuvga  o‗tish  jarayoni  ancha  uzoq 

davom etgan. Shuni ta'kidlash lozimki, arab tilida bor bo‗lib, mahalliy tillarda yo‗q 

bo‗lgan  tovushlarni  bildiruvchi  harflar  ham  mahalliy  aholi  tomonidan  qabul 

qilingan  (se,  zol,  xoyi  huttiy,  ayn,  itki,  izg„i,  sod,  zod  harflari).  Bu  harflar 

ifodalangan  tovushlar  fors  va  turkiy  tillar  fonetikasiga  yot  tovushlardir.  Lekin  bu 

harflar qabul qilinib, ular fors va turkiy tillardagi o‗sha tovushga eng yaqin tovush 

sifatida talaffuz qilingan. Mas., se, sod harflari sin harfi kabi, zol, zod, izg„i harflari 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin