Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Arxeografiya  –  Arxeografiya  –  yordamchi  tarix  fanlaridan  biri  bo‗lib, 

qo‗lyozma  manbalar va  arxiv hujjatlarini qayta  ishlash usullari  va  ularni nashrga 

tayyorlashning  qoida  va  usullarini  o‗rgatadigan  fandir.  Tarixiy  manbalarni  nashr 

qilish birinchi marta XV asrda G‗arbiy Yevropada paydo bo‗lgan. O‗rta asr tarixiy 

manbalarining birinchi tanqidiy nashri esa XVI asrda paydo bo‗lgan. O‗zbekiston 

bir  necha  ming  yillik  davrni  o‗z  ichiga  olgan  boy  arxeografik  materiallar,  ya'ni 

tarixiy  hujjatlar  va  qo‗lyozmalarga  ega.  Arxeografiyaning  bu  kabi  namunalari 

O‗zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akadyemiyasi  Sharqshunoslik  institutida,  arxiv 

va muzeylarda to‗plangan. 

Manbashunoslik  –  tarixiy  manbalarni  izlab  topish,  qayd  etish,  to‗plash, 

o‗rganish va qo‗llanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. Manbashunoslik 

tarixshunoslikda  yordamchi  fan sohalari  (arxeografiyaarxivshunoslik, genealogiya 

–  nasabshunoslik,  metrologiya  –  o‗lchovshunoslik  epigrafika,  tekstologiya  – 

matnshu  noslik,  xronologiya  –  davrshunoslik,  geraldika  –  gerbshunoslik, 

numizmatika  –  tangashunoslik  va  sfragistika  –  muhrshunoslik)  qatorida  yetakchi 

o‗rinda turuvchi alohida ilmiy soha. Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma 

manbalar  ustida  bo‗lsada,  ammo,  uning  asosiy  ilmiy  va  amaliy  uslubiyati  tarixiy 

qadriyatlarning barcha turlarini o‗rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo‗llaniladi. 

Manbashunoslik ikkiga – amaliy va nazariy manbashunoslikka bo‗linadi.  

          Zamin – o‗ymakor va naqqoshlikda naqsh bezagining asosi. 



 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin