Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   462
LUG\'AT

GLOBAL MUAMMOLAR
— umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog‗liq 
hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, 
xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta‘minlash; 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez sur'atlar bilan ko‗payayotganligini tartibga 
solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni 
kerakli resurslar 

oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan ta‘minlash, 
fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo‗l qo‗ymaslik kabilar kiradi. 
G.m. avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, 
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga 
keldi. G.m.larni 4 guruhga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga 
kelgan G.m. 

jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning 
mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan 
mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut 
g‗oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan 
bo‗lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo‗lgan ijtimoiy 
munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo‗ldi. Buni 


101 
terrorchilik, ekstremizm ko‗rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda paydo bo‘lgan G.m. 
– 
jahon xo‗jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari 
rivojlangan 
mamlakatlar, 
transnasional 
korporatsiyalar 
jahon 
iqtisodiyotini 
boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past 
darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot 
yutuqlariga qaramasdan boy va kambag‗al mamlakatlar o‗rtasidagi farq o‗sib bormoqda. 
XX a. oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab 
chiqargan bo‗lsa, kambag‗al davlatlar atigi bir foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar 
rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan 
mustaqil bo‗lsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon 
iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas., milliy 
bozorni siqib qo‗yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu 
globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi Yevropaning bir necha shaharlarida 
norozilik namoyishlari bo‗lib o‗tdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat 
qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada 
vujudga kelgan G.m. 

jahon aholisi muttasil ko‗payib borishi natijasida Osiyo va Afrika 
mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa 
mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni 
boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika 
inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug‗diruvchi 
kasalliklar (mas., OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) 
inson va tabiat o‗rtasidagi munosabatarning buzilishi natijasida vujudga kelgan G.m. 

ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg‗anishi, o‗rmon-maydonlarining tobora 
qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo‗qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy 
moddalarning haddan tashqari ko‗p ishlatilishi natijasida qishloq xo‗jaligida ekin 
ekiladigan erlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda 
qishloq xo‗jaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi 
kamayib, g‗oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi 
kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I. Karimov o‗z asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda so‗zlagan 
nutqlarida Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish 
yo‗llarini ko‗rsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni 
ta‘minlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi e'tiborini karatdi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin