Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   462
LUG\'AT

GRADATSIYA 
(lot. 
gradation
 
– asta-sekin yuksalish, gradus) — pog‗ona, daraja. 
GRAF
(nem. 
graf
) — ilk o‗rta a.larda G‗arbiy Yevropadagi grafliklarda qirol 
nomidan hokimiyatni boshqargan mansabdor shaxs. O‗zaro ichki nizolar kuchaygan 
davrida G.lar mustaqil katta mulkdorlarga aylangan. Keyinchalik G. - dvoryanlar unvoni 
bilan almashilgan. 
GUBERNATOR 
(lot. 
gubernator
– hokim) — shtat hukumatining boshlig‗i. Mas., 
AQSH, Rossiya va h.k. mamlakatlarda shtat, okrug, o‗lkalarda oliy mansabdor shaxs. 
GUMANITAR
(fr
. humanitaire
– insoniy tabiat, bilimlilik) — inson shaxsiga
inson huquqi va manfaatlariga oidlikni anglatuvchi tushuncha. 
GUMANIZM
(lot. 
humanus
– insoniy) — odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, 
ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak 
ma‘naviy fazilatlarni rivojlantirishga g‗amxo‗rlik qilish. Tor ma‘noda 

Uyg‗onish davri 
(XIII-XVI a.lar) da sholastikaga va cherkovning ma‘naviy hukmronligiga qarshi turgan 
dunyoviy hurfikrlilik. G‗arbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda G. ijtimoiy tafakkur 
sohasida, adabiyot, san'at va ilm-fanda katolisizmga va shaxsning qulligiga qarshi 
qaratilgan ilg‗or harakat edi. G. tarafdorlari o‗z zamonasining taraqqiyparvar kuchlari 
bo‗lgan. Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilmma‘rifat va hurriyat uchun
kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar. 
GURUHIY SIYOSIY ONG
— ommaviy siyosiy ongga nisbatan o‗zining 
yaxlitligi, konkretligi va qarama-qarshiliklar darajasi pastligi bilan farqlanadi. U turli 
ijtimoiy guruhlarning o‗z siyosiy manfaatlarini ximoya qilish, qoniqtirish uchun amalga 
oshiriladigan aloqa, munosabatlarda shakllanadi. Guruhiy siyosiy ongning tarkib topishi 


103 
to‗rtta bosqichdan iborat bo‗lib, birinchi bosqichda ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o‗rni 
va roli bilan bog‗liq turli manfaatlar yig‗indisi belgilanadi. Ikkinchi bosqichda ijtimoiy 
guruhning jamiyatdagi o‗rni va roliga xos qadriyatlar tizimi shakllanadi. Uchinchi 
bosqichda guruh ichida shakllangan turli xil manfaatlar zaminida har bir guruh a‘zosiga 
mos keladigan umumiy manfaatlar qaror topadi. To‗rtinchi bosqichda esa ana shu shaxsiy 
manfaatlar yig‗indisi boshqa ijtimoiy guruh manfaatlar extiyoj va qadriyatlari bilan 
o‗zaro aloqadorligi, bog‗liqligi vujudga keladi. Shu tarzda guruh siyosiy maqsad-
vazifalari, intilishlari, qadriyatlarini o‗zida mujassamlashtirgan guruh mafkurasi, faoliyat 
va dastur taktikasi ishlab chiqiladi. 
GUUAM
— mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga a‘zo bo‗lgan davlatlar ruscha 
nomlari bosh harflarini bildiradi). Unga 1996-yilda Vena shahri (Avstriya Gruziya, 
Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999-yil 
aprelda tashkilotga O‗zbekistan ham qo‗shildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi Osiyo-
Kavkaz-Yevropa transport yo‗lagini ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. 
O‗zbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkmaniston) 
portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan transport yo‗li vositasida Gruziya g‗arbiy 
portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gretsiya 
hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim 
bilan xorijiy sheriklarga etkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech 
qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‗zda tutmaydi va hech bir davlatga 
yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas. Tashkilotga a‘zo davlatlar rahbarlarining 
Yalta (2001-yil iyun) uchrashuvida GUUAM xartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida 
yagona axborot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, transport 
kommunikasiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, texnologiya va 
ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari to‗g‗risida kelishib olingan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin