Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   462
LUG\'AT

HOKIMIYATLAR BO„LINISHI
— davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan 
biri bo‗lib, unga ko‗ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo‗ysunmaydigan 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linadi (ular bilan bir qatorda 
ba‘zan ta‘sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning 
vazifasi davlat hokimiyati to‗laligicha bir shaxs yoki organ qo‗lida jamlanishiga yo‗l 
qo‗ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to‗liq bir shaxs yoki organ qo‗lida jamlanishi 
demokratiyaga inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug‗diradi, avtoritar tuzum 
o‗rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo‗linishi prinsipi birinchi marta 1787-yil AQSH 
Konstitutsiyasida o‗z ifodasini topgan. Bu yerda uch hokimiyat nafaqat ajratilgan, balki 
«o‗zaro muvozanat va cheklovlar tizimi» orqali bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyatlar 
bo‗linishi – siyosiy hokimiyatning markazlashuviga yo‗l qo‗ymaslikka, uni cheklash va 
nazorat etishga qaratilgan tamoyil. G‗arbiy Yevropa siyosatchilari va olimlari tomonidan 
ishlab chiqilgan va amalda qo‗llaniladi. U ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud 
hokimiyatlarining bir-biridan mustaqilligi, bir-biriga ta‘sir ko‗rsatish mexanizmlarining 
mavjudligi (veto huquqi, impichment, hukumatning amalda kimga tobeligi va h.k..) 
hamda nazorat mexanizmlari borligi bilan xarakterlanadi. Hokimiyatlar bo‗linishi – 
Konstitutsiyaviy, huquqiy davlatning bosh belgilaridan biri. Hokimiyatlar bo‗linishining 
Lokk modeli, Monteske modeli, Sun-Yatsen modellari mavjud. Lokk «kelishuvli» 
modelni asoslaydi. Uning modelida qonunchilik hokimiyati boshqalardan ustun va, shu 
bilan birga, hokimiyatlar o‗rtasida doimiy o‗zaro hamkorlik va o‗zaro ta‘sir mavjud. 
Lokk modeli zamonaviy parlament monarxiyalari yoki respublikalarida rivojlantirildi. 


109 
shaharL.Monteske hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasining bugungi kunda amal qilayotgan 
ikkinchi, teng, mustaqil va bir-birini nazorat etuvchi hokimiyatlar modelining muallifidir: 
hokimiyatlar o‗rtasidagi munosabatlar shunday qurilishi kerakki, ular davlat vazifalarini 
mustaqil hal qilgani holda, har biri o‗z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatga 
solishi va biror organ hokimiyatni bir tomonlama egallab olishining oldini ola bilishi 
lozim. Bugungi kunda bu model AQSH Konstitutsiyasining negizini tashkil etadi. 
Tarixiy tajriba hokimiyatlar bo‗linishi tamoyili izchil va uyg‗un holda aynan prezidentlik 
boshqaruvida namoyon bo‗lishi tasdiqlandi. XX a.ning boshlarida hitoy siyosiy arbobi 
Sun Yatsen hokimiyatni uchga emas., mamlakat an‘analaridan kelib chiqqan holda, 
beshga bo‗lishni taklif etgan. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari qatoriga nazorat va 
imtihon hokimiyatlarini kiritgan. Hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasining asosiy 
tamoyillarini qisqacha qo‗yidagicha ifodalash mumkin: hokimiyatning yagona manbai 
(xalq) mavjudligi; hokimiyatlar bo‗linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har bir 
hokimiyat tarmog‗i o‗z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati cheklanadi. 
Konstitutsiyaga ko‗ra qonunchilik, ijro va sud hokimiyati turli odamlarga va turli 
organlarga topshiriladi; har bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga 
solib turish mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila olmaydi; barcha 
hokimiyatlar mustaqil va biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi; hech bir 
hokimiyat boshqasiga berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy hokimiyat 
emas va shu tariqa siyosiy ta‘sirlardan holi – u faqat qonun asosida faoliyat yuritadi. 
hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasi bilan birga va unga qarama-qarshi ravishda yagona 
davlat hokimiyati nazariyasi ham rivojlangan. Uning mohiyati davlat hokimiyatining 
yagonaligi, markazlashganligi, bo‗linmasligi va qudratliligi tushunchalarida bayon 
etiladi. Qadimgi Sharq davlatlari – Misr, Fors davlatlari, O‗rta a. xristian davlatlari, 
mualliflardan Makiavelli, Gobbs, nemis huquqshunosi Samuel Puffendorf, Russo, Marks, 
Lenin, Stalin, fashizm mafkurasida ana shunday davlatchilik g‗oyasi mukammal ishlab 
chiqilgan edi. Hokimiyatlar bo‗linishi prinsipi parlamentar davlatlarda kamroq darajada 
amal qiladi, chunki ularda parlament ijro etuvchi hokimiyat organlaridan ustun turadi. 
Hokimiyatlar bo‗linishi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida 
konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo‗yilgan bo‗lib, unga 
ko‗ra ―O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi prinsipiga asoslanadi‖. Ushbu 
prinsip mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlariga nisbatan qo‗llanilmaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin