Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   462
LUG\'AT

HUKMRON PARTIYA 

 
demokratiya sharoitida parlamentda, aniqrog‗i uning 
quyi palatasida ko‗pchilik deputatlik mandatiga ega bo‗lgan va shuning uchun hukumatni 
shakllantirishga ta‘sir etadigan partiya. Ushbu holatda hukumat mazkur partiyaning 
vakillaridan tuziladi va u bir partiyalik hukumat bo‗lib hisoblanadi. ―Hukmron partiya‖ 
tushunchasi shartli tushunchadir. Chunki saylovlarda g‗alaba qozongan partiya amalda 
bo‗lgan qonunlar bilan hisoblashmaslik va ularga qarshi nojo‗ya harakatlar qilish 
huquqiga ega emas. Parlament ham, hukumat ham jamiyat muayyan qismining 
manfaatini emas., balki butun xalq manfaatini inobatga olishi shart. H.p. ning o‗ziga xos 
ko‗rinishiga sobiq SSSRdagi partiyaviy tizim misol bo‗ladi. SSSR Konstitutsiyaning 6-
moddasida KPSSning rahbarlik roli, ya‘ni hukmron partiya maqomi o‗z konstitutsiyaviy 
tasdig‗ini topgan edi. Biroq, ushbu holatda ham partiya manfaati xalq manfaatlaridan 
rasman yuqori qo‗yilmagan, aksincha partiya va xalqning manfaatlari yagonaligi uqtirib 
turilardi. Shun., bir qator chet el mamlakatlar tarixi va amaliyotida boshqaruv, 
hukmronlik qiluvchi sifatida alohida partiyalar maqomi belgilab qo‗yilganini kuzatish 
mumkin. 
HUKMRONLIK 

 
hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi. U ijtimoiy institular 
shakliga ega bo‗ladi, hukmron hamda itoat etuvchi ijtimoiy guruhlar o‗rtasida 
pog‗onalashuv, muayyan ijtimoiy masofa mavjudligini, alohida boshqaruv apparatining 
ajralib chiqishini nazarda tutadi. Hokimiyat hukmronlik tushunchasini qamraydi, ammo 
doim ham hukmronlik belgilariga ega bo‗lmaydi. 
HUKUMAT 

 
davlatning oliy kollegial ijro etuvchi organi. Hukumat turli 
mamlakatlarda turlicha nomlanishi mumkin: vazirlar kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), 
Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O‗zbekiston), Davlat kengashi (XXR) va b.lar. 
Uning tarkibi turli boshqaruv tizimlarida turli usullar bilan aniqlanadi: prezidentlik 
respublikasida hukumat prezident tomonidan tuziladi va uning oldida mas‘ul; parlament 
respublikasida – hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida mas‘ul; aralash 
turdagi respublikalarda hukumat boshlig‗i (premer-ministr) hukumatni tuzadi va u ham 
prezident, ham parlamentga hisobotlidir. Hukumatning hokimiyat tizimidagi maqomi va 
tarkibi har bir davlatning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi: 1) absolyut monarxiyalarda 
hukumat qirol tomonidan tuziladi, hukumat qarorlarini ham qirol qabul qiladi. Bunday 
hukumat tarkibiga hukmron oila a‘zolari vakillari, texnokratlar, mamlakatning eng boy 
oilalari vakillari kiradi. Ba‘zan qirol o‗zini premer – ministr deb e‘lon qiladi; 2) dualistik 
monarxiyalarda hukumatni qirol tuzadi, lekin u parlamentdagi kuchlar nisbatini albatta 
hisobga oladi. Bu hukumatda mas‘uliyat – shaxsiy, qirol istagan vazirlarini bo‗shatadi. 
Qarorlarni qirol qabul qiladi, hukumat uni qo‗llab-quvvatlamagan taqdirda qirol butun 
hukumatni iste‘foga chiqarishi mumkin; 3) parlament monarxiyalarida qirol hukumatni 
tayinlaydi, lekin bu funksiya deyarli rasmiy: aslida bu mas.i parlamentdagi ko‗pchilik hal 
qiladi. Hukumat faqat parlament oldida mas‘ul. Monarx diskret vakolatlarga ega emas. 


112 
Birorta partiya saylovlarda ko‗pchilik ovoz to‗play olmagan bo‗lsa, qirol imkoniyatlari 
ko‗proq partiyalardan birining vakiliga hukumat tuzishni topshiradi (Daniya, Belgiya, 
Niderlandiya). Bunday shaxslarni formator deb atashadi. Hukumat tuzilsa, u hukumat 
boshlig‗i vazifasini egallaydi. Koalitsiya tuzilmagan holatda qirol yangi formator 
tayinlaydi. Bu holatda ham kelishuvga erishilmasa, qirol «xizmatchi», «ishchi», 
«amaldorlar» hukumatini tuzadi va unga bir-ikki oy ichida yangi saylovlar tayyorlab 
o‗tkazishni va yangi hukumat tuzishni topshiradi; 4) parlament respublikalarida hukumat 
parlament tomonidan tuziladi va uning oldida mas‘ul. Ba‘zi davlatlarda (Italiya, 
Germaniya) hukumat boshlig‗i lavozimiga nomzodni prezident ilgari suradi; 5) prezident 
respublikalarida hukumat prezident tomonidan tuziladi, barcha vakolatlar prezidentda 
bo‗ladi, hukumat esa uning qoshidagi maslahat kengashi vazifasini bajaradi, odatda, 
bunday hukumatlarning maqomi konstitutsion tarzda aniq belgilanmagan bo‗ladi; 6) 
aralash respublikalarda hukumat ikki tomonlama mas‘uliyatga ega. Parlament 
prezidentga muxolif bo‗lgan holatlarda hukumatning roli ortadi va h.k.. Partiyaviy 
tarkibiga ko‗ra ham hukumatlarning bir qancha turlarini ajratish mumkin: bir partiyaviy 
hukumat doimo – prezident respublikalarida, dualistik monarxiyalarda, parlament 
monarxiyalari va respublikalarida uchraydi; ikki partiyaviy hukumat parlament 
respublikalarida ikki yarim partiyaviy tizim vaziyatida, monarxiyalarda uchraydi
koalitsion hukumat parlament monarxiyalari va respublikalarida uchraydi; kamchilik 
hukumati (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya) partiyalar o‗rtasidagi kelishuv mutlaqo 
mumkin bo‗lmaganda va hech bir yirik partiya kelishuvga bormaganda tuziladigan 
hukumat; 5) partiyasiz hukumat. Ularning to‗rt turi mavjud: a) mamlakatda umuman 
siyosiy partiyalar yo‗qligi vaziyati (SA, BAA, Quvayt yoki biror xarbiy rejim); b)
hukumat amaldorlar tomonidan tuzilgan vaziyatlar; s) harbiy rejimlar tuzadigan 
texnokratik hukumatlar; d) vaqtli hukumat (favqullodda vaziyatlarda ma‘lum muddatga 
tuziladigan hukumatlar) va milliy birlik hukumatlari (ko‗plab partiya vakillaridan keng 
asosda tashkil etiladigan hukumat). Hukumat funksiyalariga siyosiy kursni belgilash; 
ijtimoiylashuv; kadrlarni tanlash va saralash; siyosiy kommunikatsiya singarilar kiradi. 
Hukumatga muqobil nazariyalarga libertaristlar (jamiyatni fundamental huquqlarga ega 
odamlar birligi sifatida qaraydi va hukumatlar o‗z zimmalariga qancha ko‗p vazifa 
olsalar shu huquqlar shunchalik poymol etilishiga zamin yaratiladi, deb hisoblaydilar) va 
anarxistlar (jamiyat – tabiiy holatdagi o‗zaro teng individlar birlashmasidir, hukumatlar 
va hokimiyat bunday birlashmalarni emiradi va istibdod, hamda begonalashuvga olib 
keladi, deb hisoblaydilar. Ularning o‗rniga ko‗ngilli hamkorlik va tabiiy ittifoqlapr zarur) 
kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq, 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining 
butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin