Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   462
LUG\'AT

IJTIMOIY ADOLAT
— jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson 
huquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini 
belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta‘minlangan tabaqalari 
manfaatini ko‗zlab, milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir. I.a.
IJTIMOIY DAVLAT 
— inson va fuqaroning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari va 
erkinliklarini, davlatning tegishli burchlarini kafolatlaydigan hamda fuqarolari uchun 
munosib turmush sharoitini yaratuvchi davlat hokimiyati shakli. I.d. fuqarolarining 
barchasini qo‗llab-quvvatlaydi, jamiyatda totuvlikni ta‘minlaydi. Uning vazifasi kam 
ta‘minlangan, qariya, nogiron, ishsizlar to‗g‗risida g‗amho‗rlikdangina iborat emas., 
balki barcha fuqarolarning erkin va farovon turmushlarini ta‘minlashdir. I.D. g‗oyasi 
ikkinchi jahon urushidan so‗ng amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Ijtimoiy davlat 
konstitutsion tamoyil sifatida 1947-yil Yaponiya Konstitutsiyasining 25-moddasida va 
yana Germaniyaning 1949-yil Konstitutsiyasi 20-moddasida bayon etildi. Keyingi 
yillarda bu tamoyil Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Portugaliya, Ispaniya Konstitutsiyalarida 
aks etdi. Ushbu xususiyat davlat jamiyatga xizmat qilishini va asossiz ijtimoiy 
tafovutlarga barham berish yoki ularni mumkin qadar kamaytirishga harakat qilishni 
nazarda tutadi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida ―Davlat o‗z 
faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‗zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik 
prinsiplari asosida amalga oshiradi‖ – deb, belgilab qo‗yilgan. Ushbu umumiy qoidadan 
O‗zbekiston davlatining quyidagi konstitutsiyaviy burchlari kelib chiqadi: mehnatni va 
fuqarolar sog‗lig‗ini muhofaza qilish; mehnatda haq to‗lashning kafolatlangan eng kam 
miqdorini belgilash; oila, onalik, otalik va bolalik, nogironlar va qariyalarning davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlanishini ta‘minlash; ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish; 
davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoya qilishning boshqa kafolatlarini belgilash. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin