120
ishonchsizlik ortib, qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayishi, bu esa, oxir-oqibatda,
og‗ir inqirozga olib kelishi mumkin. I.h. g‗oyasini amalga oshirish yo‗lida g‗ov
bo‗ladigan eng xatarli to‗siqlar aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik,
mahalliychilik, tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir.
IJTIMOIY HIMOYA
— keng ma‘noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy
muhofaza qilinishini ta‘minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma‘noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi
holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta‘minlanmagani tufayli
yordamga, ko‗makka muhtoj fuqarolar to‗g‗risidagi g‗amxo‗rligi. «I.h.» tushunchasi
birinchi marta 1935-yilda AQSHning «Ijtimoiy xavfsizlik bo‗yicha qonun» ida
qo‗llanilgan. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to‗xtovsiz yaxshilanishini
ta‘minlash, aholi qatamlarining ta‘lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan
keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini
va inson taraqqiyotini ta‘minlashga yordam berishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: