IDIOGRAFIK FANLAR — xodisalarni, bo‗lib o‗tgan voqealarni, ya‘ni xususiy
holatlarni har tomonlama o‗rganadi (tarix, geografiya, astronomiya kabilar)
IDORA — 1) ma‘lum bir ijtimoiy, davlat, xo‗jalik, savdo va turli tarmoqlarni
boshqarish uchun shtatli xodimlari va ma‘muriyati bo‗lgan tashkilot, muassasa,
boshqarma va ular o‗rnashgan bino. Mas., xo‗jalik I.si., I. xizmatchilari; 2) belgili
tartibda boshkarib, yo‗lga solib borish, boshqarish tartibi. Mas., I. usuli, I. qilmoq.
IERARXIYA (yun.
hierarchia ,
hieros – avliyo va
arche – hukmronlik, hokimiyat,
mansab pog‗onasi) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining
yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Xizmat pog‗onasi quyidan yuqoriga qarab
bir-biriga qarab bir-biriga o‗tuvchi va ahamiyati ortib boruvchi mansab, unvonlar qatori.
Fanga I. tushunchasi XIX a. ning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab I. jamiyatning sinfiy
tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qo‗llanilgan. XX a.dan
boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qo‗llanila boshlandi.
IEROKRATIYA (yun.
hieros – muqaddas, tabarruk) — Ruhoniylar, kohinlar
hokimiyati. Q. Jretsekratiya.
IEZUITLAR (lot.
«Societas Jesu » – «Iso jamiyati») — katoliklar monaxlik ordeni
a‘zolari. Bu jamiyatni 1534-yilda-mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va
1540-yil papa Pavel III tomonidan tasdiklangan. U o‗z oldiga katolitsizmni himoya qilish
va yoyish, papalik hokimiyatini mustahkamlash vazifasini qo‗ydi, kontr-reformatsiyaning
asosiy quroli bo‗lib qoldi. I. faqat Yevropa davlatlarida emas., Hindiston, Yaponiya,
Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. I. ordenining asosiy tamoyillari: kat‘iy markazlashish,
mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga so‗zsiz bo‗ysunishi, orden boshlig‗ining mutlaq
nufuzi. I. har qanday jinoyatni, agar u xudo yo‗lida qilingan bo‗lsa, oqlaydi. XX a.da I.
klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi.
IJARA (arab. ijora) — 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini tapqalgan davlatlarda
yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer
egasining haqini pul bilan to‗lash. I.chi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va xatto
davlat bo‗lishi mumkin. Mehnat jamoalari o‗z korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan
I. shartnomasiga binoan asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalarini ma‘lum
118
muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va
qo‗shimcha daromadga erishish maqsadida oladi.