Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   462
LUG\'AT

I
IBTIDOIY JAMIYAT
— ibtidoiy odamlarning paydo bo‗lishidan to davlat 
yuzaga kelguniga qadar bo‗lgan davr. Jamoa bo‗lib mehnat qilish va jamoa bo‗lib 
iste‘mol qilish I. j. ning o‗ziga xos xususiyatidir. L. G. Morgan o‗z vaqtida I. j. ni ikki 
bosqichga bo‗lgan: birinchisini «ibtidoiy urug‗chilik jamoasi», ikkinchisini esa «harbiy 
demokratiya bosqichi» deb ataydi. Tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – 
ibtidoiy urug‗chilik jamoasi hisoblanadi. U urug‗ jamoalarining paydo bulishidan to 
birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi.
ICHKI PARTIYAVIY MUXOLIFAT
— biror partiya tarkibida partiya 
faoliyatiga doir bosh masalalar yoki ularning biri bo‗yicha, hamda partiya rahbariyatiga 
o‗zini qarshi qo‗yuvchi guruh. 
ICHKI SIYOSAT
— ijtimoiy munosabatlarni boshqarish borasida davlat, hukmron 
partiyaning faoliyati. u yoki bu davlat, hukmron partiyaning mamlakat ichida olib 
boradigan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy va b. sohalardagi amaliy faoliyati, 
harakat yo‗nalishlari. Ichki siyosatning mazmuni va yo‗nalishi boshqaruv usuli
davlatning ma‘muriy–hududiy bo‗linishi, siyosiy yetakchilarga bog‗liq. 
ICHKI SUVERENITET 

 
milliy hududda yashovchi va ushbu davlatning 
fuqarosi bo‗lgan (yoki fuqorosi bo‗lmagan) barcha odamlar ustidan hukmronlik qilish 
huquqi va vakolati. 
IDEAL
(yun. 
idea
– timsol, g‗oya, tushuncha) — biror narsa, voqea va hodisaning 
oliy namunasi, kamoloti; ayrim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy 
maqsad. Ijtimoiy-siyosiy I. – mukammal ijtimoiy tuzum; I. muayyan tarixiy sharoitda 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalari bilan chambarchas bog‗liq holda shakllanadi. I. ning 
amalga oshishi yoki oshmasligi uning voqelik bilan bog‗liqligiga, ta-raqqiyotni qanchalik 
to‗liq va to‗g‗ri in‘ikos ettirishga bog‗liq. Har bir millat go‗zallik haqida o‗z milliy I. iga 
ega, chunki ishlab chiqarish usuli, yashash sharoiti, geografik muxit, psihologiyasi 
turlichadir.
IDEALIZM 
(yun. 
idea
so‗zidan) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; ong, ruh, 
tafakkur birlamchi, materiya, tabiat, borliq ikkilamchi deb talqin etuvchi qarashlar tizimi. 
Materializmning muqobili. Odatda, «idealist» (ideal so‗zidan) tushunchasi olijanob 
maqsadlarga intiluvchi beg‗araz odamga nisbatan ham ishlatiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin