Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   462
LUG\'AT

HUQUQIY DAVLAT 

 
o‗z faoliyatida huquq tomonidan cheklangan davlat. 
Davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‗lib, butun faoliyati 
huquqqa bo‗ysunadigan davlatning ideal tipini ifoda etadi. U shaxs erkinligi, xavfsizligi
va sha‘nini himoya qiladi, xalq irodasiga itoat etadi. Inson va davlat munosabatlari 
konstitutsiya bilan belgilanadi va ular bir-birlariga nisbatan mas‘uldirlar. U rivojlangan 
fuqarolik jamiyati mavjudligini, qonun ustivorligi, shaxs erkinligi, huquqlarning 
kafolatlanishi; hokimiyatlar bo‗linishi; qonunlar bajarilishini nazorat mexanizmlari va 
konstitutsiyaviy nazoratning mavjudligiga asoslanadi. Hozirgi kunda etishish lozim 
bo‗lgan maqsad tarzida qaraladi. Davlatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi va 
uning quyidagi belgilari mavjud: a) fuqarolarning huquq va erkinliklarini huquqiy va har 
tomonlama kafolatlanishi; b) huquq va qonunning ustuvorligi; v) qonunlarning to‗g‗ri 
amal qilishi; g) fuqarolarning davlat oldidagi mas‘uliyati va aksincha davlatning 
fuqarolar oldidagi mas‘uliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipini amaliyotga 
tatbiq qilinishi; d) jamiyat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik 
va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi. Huquqiy davlatning shakllanishi va 
faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko‗pchilik 
a‘zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat 
ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega 
bo‗lishi; mamlakatda bir-biriga zid bo‗lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi. 
Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o‗rtasida katta farq bor. Hozirgi 
paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi ko‗pgina davlatlarning konstitutsiyalarida 
o‗z aksini topgan. Mas., 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1-
moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo‗yilgan: «Ispaniya – bu sotsial, huquqiy 
va demokratik davlat bo‗lib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy 
hurfikrlilik hisoblanadi». 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko‗ra «Germaniya Federativ 
Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat bo‗lib hisoblanadi» (20-modda) 
hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28-
modda). Huquqiy davlat to‗g‗risidagi g‗oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya, 
Shvetsiya, Shveytsariya va b. bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning 


115 
konstitutsiyalarida belgilab qo‗yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy 
davlat to‗g‗risidagi g‗oya to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗z aksini topgan. Uning birinchi moddasida 
«Rossiya Federatsiyasi – Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ, 
huquqiy davlatdir»,–deb yozib qo‗yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O‗zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat 
to‗g‗risidagi g‗oya o‗z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to‗g‗risidagi g‗oya va 
nazariyalarni dunyodagi ko‗pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda 
hamma davlatlar to‗laligicha qo‗llamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to‗g‗risidagi 
g‗oyani to‗liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma‘noda 
huquqiy davlat to‗g‗risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak 
bo‗lgan ideal, etalon vazifasini o‗taydi. 


116 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin