Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   462
LUG\'AT

IJTIMOIY STRATIFIKATSIYA 

 
siyosiy fikr paradigmalaridan biri. 
Jamiyatdagi guruhlarning ijtimoiy tengligi va tengsizligi, shun., huquq va majburiyatlari, 
ularning egallagan ijtimoiy maqomlaridan kelib chiqib aytiladigan tushunchadir. Bu 


121 
tushuncha jamiyatni tashkil etuvchi guruhlar munosabatlaridagi doimo mavjud bo‗luvchi 
nomuvofiqlikni harakterlaydi. 
IJTIMOIY STRUKTURA
— ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari o‗rtasidagi barqaror 
va tartiblashgan aloqalar tarmog‗i. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti, 
ijtimoiy tartibotlar (davlat va b.) xususiyati bilan belgilanadi. Aholining I.s.si, shun., 
uning kasb-hunar, milliy, jins, yosh, madaniy va b. belgilari bo‗yicha bo‗linishini ham 
o‗z ichiga oladi. I.s. ijtimoiy hayot xususiyatini o‗zida ifoda etib, jamiyatni tashkil 
etuvchi elementlar o‗rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
IJTIMOIY TASHKILOT 

 
quyidan yuqoriga ichki tashkiliy tuzilmalarga ega, 
hamda qayd etiluvchi individual yoki guruhiy a‘zoligi mavjud fuqarolarning ko‗ngilli 
ittifoqi, uyushmasidir. 
IJTIMOIY TUZUM
— jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos bo‗lgan 
ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini 
aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular o‗rtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Har 
qanday I.t. asosida iqtisodiy munosabatlar yetakchi rol o‗ynaydi. Ijtimoiy munosabatlar 
va uning boshqa shakllari bir-birini to‗ldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. I.t. tushunchasi 
jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini ko‗rsatuvchi tushunchadir. 
Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan bo‗lsa, ishlab chiqarish, texnika va 
texnologiya ham shunchalik rivojlangan bo‗ladi, bu esa, o‗z navbatida, ijtimoiy 
taraqqiyotning yuksalish darajasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning 
rivojlanishiga bog‗liq bo‗lsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga 
bog‗liqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, o‗z navbatida, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning, texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab bo‗ladi. Demak, jamiyat 
taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir. Hozirgi paytda 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik ijtimoiy munosabatlarni 
ifodalovchi I.t. qaror topmoqda.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin