Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   462
LUG\'AT

IKKI FUQAROLIK
, bipatridlar — ayni bir vaqtda ikki va undan ortiq davlat 
fuqaroligiga mansublik. 1930-yil Gaaga konvensiyasida ikki fuqarolikni kamaytirish va 
tan olmaslik haqidagi xalqaro tamoyil mustahkamlangan. Umum e‘tirof etgan qoidaga 
ko‗ra, har bir shaxs faqat bir davlatning fuqarosi bo‗la oladi. 
IKKI PALATALI TIZIM
— davlat huquqida vakolatli organ tarkibida, odatda, 
alohida-alohida ishlaydigan ikki palata (quyi va yuqori palata)ning mavjudligi. Palatalar 
turlicha yo‗l bilan tuziladi va turlicha vakolatga ega bo‗ladi. Tarixan quyi palata bir 
muncha demokratik hisoblangan, shuning uchun aristokratiya manfaatlarini ifoda etuvchi 
yuqori palata unga qarshi qo‗yilgan va bu palata quyi palataga nisbatan tizginlovchi 
vazifasini o‗tashi kerak bo‗lgan. I.p.t. hozirgi vaqtda federativ davlatlarda ham, unitar 
davlatparda ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi hamma vaqt bevosita aholi 
tomonidan saylanadi. Yuqori palata turli yo‗l bilan – bilvosita saylovlar (Fransiya, 
Avstriya, GFR) yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri saylovlar (AQSH, Italiya, Avstraliya, Yaponiya) 
yo‗li bilan shakllantiriladi. Ayrim mamlakatlarda yuqori palata nasldan naslga o‗tish 
belgisi bo‗yicha tuziladi (Buyuk Britaniya), yoki uning a‘zolarini davlat boshlig‗i 
tayinlaydi (Kanada). Bir qancha hollarda yuqori palatalar aralash yo‗l bilan 
shakllantiriladi: a‘zolarning bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi, qolganlar nasldan 
naslga o‗tish qoidasiga ko‗ra o‗z o‗rnini egallaydi (Nepal). Yuqori palatalarning 
deputatligiga nomzodlar uchun, odatda, ancha qattiq talablar qo‗yiladi (birmuncha yuqori 
yosh senzi va b.). Hozirgi parlamentlarning ko‗pchiligida yuqori palatalarning huquqlari 
quyi palatalarnikiga nisbatan cheklangan (mas., ko‗p mamlakatlarda moliyaviy qonun 
loyihalarini faqat quyi palatalar kiritishi mumkin, yuqori palatalar esa ularning qabul 
qilinishiga biron-bir ta‘sir ko‗rsata olmaydi). O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki 
palatadan – O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi 
palata)dan hamda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan 
iborat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin