Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   462
LUG\'AT

IMPERATIV MANDAT (
lot. buyuruvchi) — saylangan shaxs yoki organ qat‘iy 
amal qilishi kerak bo‗lgan topshiriq. 
IMPERATOR 
(lot. 
imperator
– hukmdor) — ba‘zi monarxlarga berilgan unvon. 
Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas., Yuliy Sezar va b.) ga berilgan. Rimda respublika 
tartibi tugatilib, monarxiya o‗rnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxo‗r I. deb 
atalgan. 962-yil nemislar Shimoliy Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari o‗zlarini I. 
deb atay boshladilar. XV a.dan bu unvon Avstriya monarxlarigao‗tdi. 1721-yil I. 
unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi I. deb yuritildi. 
Napoleon I, Napoleon III lar ham o‗zlarini I. deb e‘lon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911-
yilgacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham I. davlat boshlig‗i hisoblanadi. 
IMPERIALIZM 
(fr
. imperialisme
) — keng ma‘noda hududlarni bosib olishga, 
qaram qilishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat o‗rnatishga 
qaratilgan davlat siyosati. U bir davlatning o‗z hokimiyatini boshqa davlat hududida 
iqtisodiy va siyosiy foyda olish maqsadida qaram aholini, asosan, harbiy vositalar 
yordamida ezish hisobiga amalga oshirishini anglatadi. Imperiya, aslida, bosib olish va 
hukmronlik qilishning, davlatlar o‗rtasidagi siyosiy raqobatning qadimgi shakli 
hisoblanadi. I. termini XIX a. 2-yarmida ingliz iqtisodchi olimi J. Gobsonning 
«Imperializm» nomli kitobi (1902) chiqqanidan sung, ayniqsa, keng tarqaldi va I.ga 
nisbatan bir-biridan keskin farq qiluvchi fikrlar paydo bo‗ldi. Liberalizm yunalishidagi 
olimlar (jum., nemis iqtisodchisi – A.Shumpeter) fikricha, Yevropa mamlakatlarining 
XIX a.dagi imperialistik ekspansiyasi kapitalistik taraqqiyot va raqobatning xususiyati 
emas edi, aksincha, u kapitalizmning siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga zid bo‗lgan. Shu 
ma‘noda I. mutlaq monarxiyalar davridagi militaristik millatchilikning oqibati 
hisoblanadi. Radikal yo‗nalishdagi olimlar va siyo-satchilar (jum., V.I.Lenin) I.ni 
kapitalizmning oliy va so‗nggi bosqichi deya baholab, moliya kapitali hukmronligi, 
iqtisodning ichki inqiroziga javob tariqasida chetga kapital chiqarish, xalqaro trestlarning 
o‗sishi va yer yuzining kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlab olinishi bilan bog‗lab 
tushuntirmoqchi bo‗ladi. Bu fikrning xatoligini isbotlovchi nazariyotchilarning 
ta‘kidlashicha, I., birinchidan, tarixan kapitalizmdan oldin keladi, ikkinchidan, 


126 
imperialistik davlatlar o‗rtasidagi raqobat, avvalo, iqtisodiy emas., balki siyosiy sabablar 
bilan bog‗liqdir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin