INSON VA FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI
— insonga bekamu
ko‗st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda
o‗z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini ta‘minlovchi huquqiy maqom. Inson
huquqlari va erkinliklariga rioya etish O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy
tuzumining asosidir. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va
erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qo‗llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi; O‗zbekistonning har bir
fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy e‘tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi,
shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat‘i nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini,
sud yo‗li bilan himoya qilinishini kafolatlaydi.
INSONPARVARLIK
— insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi
to‗g‗risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar
yaratib berish haqida g‗amxo‗rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‗ra, dunyoda
eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga
xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida
g‗amxo‗rlik I.ning asosiy masalasidir. Siyosatda insonparvarlik – siyosatning shakli,
mazmuni, maqsad va vositalarida namoyon bo‗ladi.
INSTANSIYA
(lot
. instantia
– bevosita yaqinlik, navbatdagi) — bir-biriga itoat
qiladigan tashkilotlar, davlat boshqarmalari, sud organlari, jamoat va b. tashkilotlar
tizimidagi har bir bo‗g‗ini, pag‗onasi.
INSTITUT
(lot.
institum
– tartibot, muassasa) — 1) jamiyatdagi ijtimoiy
tartibotlarning muayyan doirasini o‗z ichiga olgan huquqiy me‘yorlar majmui; 2) turli
ixtisoslashgan o‗quv yurtlari (o‗rta, oliy, malaka oshirish tizimi), va b. muassasalarning
nomi. Keng ma‘noda - ijtimoiy turmushni tashkil etuvchi va tartibga solib turuvchi
ijtimoiy tuzilmaning bir unsuri – muassasalar, me‘yorlar, qadriyatlar, madaniyat
namunalari, qaror topgan fe‘l-atvor shakllari majmui: iqtisodiy I. (mas., mulkchilik, ish
haqi), siyosiy I. (mas., davlat, armiya, partiya), moliyaviy I.lar (moliya va bank
muassasalari) va shokazo
Dostları ilə paylaş: |