INQILOBCHI YETAKCHI — amerikalik politolog Robert Taker siyosiy
yetakchilikning ajratib ko‗rsatgan uch turidan biri. I.ye. odatda qurol kuchi bilan boshqa
ijtimoiy tuzumga tez va sakrash orqali o‗tishni rejalashtiradi.
INQIROZ (yun. qaror, hukm, qat‘iy yakun) — taraqqiyotda orqaga ketish,
tanazzul. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan
quyi darajadagi holatga o‗tish jarayoni I. davri deyiladi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
ma‘naviy sohalardagi I.lar, odatda, mustaqil ro‗y beradi, ba‘zan esa hammasi kompleks
tarzda baravar bo‗ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy I.i boshlanadi. 1)
kelishmovchiliklar, salbiy hodisalar va tendensiyalar bir-biri bilan bog‗liq bir holatdan
ikkinchi holatga o‗tish. 2) biror narsaning jiddiy yetishmasligi, biror holatdagi jiddiy
qiyinchilik; 3) manfaatdor tomonlarning asosiy boyliklari, manfaati va maqsadlariga
jiddiy xavf yuzaga keltiradigan davlat ichidagi yoki xalqaro vaziyat; 4) haroratning
keskin pasayishi va kasallikning barcha belgilarining yo‗qolishi va bu bilan bog‗liq
bo‗lgan kasallik davomidagi o‗zgarish.
INSIDENT (lot.
incidens – bo‗lib turadigan) — odatda ko‗ngilsiz xarakterda
bo‗ladigan hodisa, voqea, to‗qnashuv.
INSINUATSIYA (lot. ichiga kirish, sezdirmay ichiga kirish)
— biror kishining
obro‗yini ketkazish, sha‘niga tegish maqsadida qilingan soxta, tuxmatdan iborat
uydirmalar.
INSON HUQUQLARI — insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy
maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda
da‘volarini tavsiflovchi tushuncha. I.h.ni erkin va samarali tarzda amalga oshirish
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir.
INSON HUQUQLARI BO„YICHA MILLIY MARKAZ —
inson huquqlari va
erkinliklarini muhofaza qilishning ta‘sirchan mexanizmlarini yanada kengaytirish,
xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat
muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari bo‗yicha madaniyatini
oshirish maqsadida tashkil etilgan.