128
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‗liq. XXI a.da axborotning ustunligi
ommalashib bormoqda.
INFORMATSIYA
(lot.
informatio
– tushuntirish, bayon qilish) — 1) odamlar bir-
biriga og‗zaki, yozma yoki boshqa usulda beradigan axborot, shun., axborot berish va
olish jarayoni; Ijtimoiy-siyosiy I. — ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar,
jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy
jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikatsiyalar vositasida tarqatiladigan xabarlar
majmui. Demokratik jamiyatda I.ga rostgo‗ylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish,
ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni holis tahlil etish va sharhlash talabi qo‗yiladi.
INFOTERRORIZM
— terakt sodir etishga olib kelishi mumkin bo‗lgan
ma‘lumotning OAV orqali tarqatilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatning o‗z
texnik imkoniyatlaridan boshqalarning zarari uchun foydalanishini anglatadi. Misol
uchun biron-bir yolg‗on xabar ba‘zan butun dunyo davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi
qilib qo‗yadi, millionlab odamlarning ruhiyatini zaharlaydi, ularni yo‗ldan adashtiradi.
Shu bois, jahon OAV orqali, xususan, ―Internet‖ tarmog‗idan tarqatilayotgan xabarlar
noxolis berilar ekan, demak, turli zararli oqibatlar ham kelib chiqadi. Bunday zararli
axborotlarni ―Axborot terrori‖ deb atash mumkin. Bunday zararli axborotlarni bu
ko‗rinishi bugungi kunda siyosiy terrorizmning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
INFRASTRUKTURA
(lot.
infra
– ostida) — 1) iqtisodiyot va insonlar hayotiy
faoliyatining umumiy shartlarini ta‘minlab beruvchi xalq xo‗jaligi tarmoqlari majmui
(mas., ishlab chiqarish infrastrukturasi – transport, aloqa, elektr energiyasi ta‘minoti va b.
q., ijtimoiy-xo‗jalik infrastrukturasi - savdo, yo‗lovchilar transporti va aloqasi, ilm-fan,
sog‗liqni saqlash va b.q.). 2) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining faoliyati uchun
zarur bo‗lgan inshootlar, binolar, tizim va xizmatlar majmui, shun., jamiyatning o‗z
hayotiy faoliyati uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlar bilan ta‘minlash.
Dostları ilə paylaş: