130
davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim orqali shu huquq va
erkinliklar hurmat qilinishiga ko‗maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy
va ajralmas huquq va erkinliklari e‘lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir.
Shu tariqa
xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bo‗lgan
asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada «insoniyat
oilasining hamma a‘zolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng
va ajralmas huquqlarini
tan olish - erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi» ekanligi e‘lon etilgan. Unga ko‗ra,
umum hurmat va rioya qilishi shart bo‗lgan inson
huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy
hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir.
INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI
(1789) — Buyuk
fransuz inqilobining siyosiy manifesti. 1789-yil 26 avgustda Ta‘sis
majlisida qabul
qilingan. Shaxs, so‗z, vijdon erkinligini, fuqarolarning
qonun oldida tengligini, zulmga
qarshilik ko‗rsatish huquqini, xususiy mulk daxlsizligini asosiy huquqlar sifatida e‘tirof
etgan.
Dostları ilə paylaş: