IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASHI — BMTda 1946-yilda tuzilgan. 54
mamlakat a‘zo. Bosh Assambeliya tomonidan har yili Xavfsizlik Kengashi davlatlari
navbati bilan rahbarlikka saylanadi. Vazifasi – BMTning mintaqviy tashkilotlari va b.
tashkilotlari faoliyatiga ko‗maklashish, shun., BMTning maqsadi va vazifalarini targ‗ib
qilishga va da'vat qilishga ko‗maklashadi.
IQTISODIY XAVFSIZLIK —davlatning iqtisodiy manfaatlari va suverenitetini
iqtisodiy sanksiyalar, to‗siqlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy diskriminatsiya va
diktatlardan himoyalanganligi tushuniladi. Undan tashqari, iqtisodiy xavfsizlik deganda,
davlatning iqtisodiy manfaatlari tizimini qayta qurish davrida va iqtisodiy beqaror
vaziyatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish holatiga aytiladi.
IQTISODIYOT — kishilar tomonidan mehnatni qo‗llagan holda inson uchun
zaruriy bo‗lgan ne‘matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni
ta‘minlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xo‗jalik, vositalar, obyektlar,
jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste‘mol sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarni qamraydi.
IRQ (ar. ildiz, tomir) — kishining tana tuzilishi,tashqi qiyofasi (teri, ko‗z va
sochining rangi, bo‗y-basti, yuz tuzilishi bosh suyagining shakli)ga qarab guruhlarga
ajratish. Odatda uchta katta irq ajratiladi: evropoid, mongoloid, negroid.
IRQCHILIK — irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy
jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi
ta‘siri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga
asoslanadi. Shu da‘volarga ko‗ra, oliy irq»lar go‗yo boshqa irklar ustidan hukmronlik
qilishga da‘vat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa
yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto o‗zlashtirishga xam qobiliyatsizdir. Fransuz
J. A. Gobino XIX a. o‗rtalarida birinchi bor I. g‗oyasini surib, oriylarni «oliy irq» deb
e‘lon qiladi. I. fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning
biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga ko‗ra majburan ajratish hamda aparteidni
oklashda I. dan foydalaniladi. I. sionizm bilan hamohang. I. xalqaro xamjamiyat
tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jum., irqiy kamsitishning barcha
shakllarini tugatish to‗g‗risidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. O‗zbekiston
Respublikasi 1995-yil 31 avgustda mazkur Konvensiyaga qo‗shilgan.