138
beradi, deb hisoblaydilar. Islom traditsionalistlaridan farq qilgan holda, ular ana shu
fundamental tamoyillarni tiklash va ularga amal qilish tarafdorlaridanlar. Lekin islom
modernistlariga qarshi ular ana shu tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab, qayta
talqin etish mumkin emas., deb hisoblaydilar. Islom fundamentalizmi tarafdorlari
traditsionalistlarga o‗xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli
o‗laroq, islom bilan millat manfaatlarini bir yoki yaqin deb hisoblaydilar. Islom
fundamentalizmi tarafdorlari ijtimoiy adolat uchun kurashishni maqsad qiladilar, hatto
mazlum tabaqalarni boshqalardan ajratib, ana shular nomidan ish ko‗radilar. Ijtimoiy-
sinfiy jihatdan islom fundamentalizmi turli (demokratik, radikal va konservativ)
dunyoqarashdagi o‗rta hol guruhlar manfaatlarini ifodalaydi. Islom dini
fundamentalistlarining bugungi kunda ilgari surayotgan va tayanch g‗oya sifatida
e‘tiborni tortishi kerak bo‗lgan fikri xalifalikka qaytish, buning uchun «jihod» qilish,
jihod yo‗lida «shahidlik», ya‘ni o‗zini qurbon berish talabalaridan iborat. Ular barcha
musulmon diniga mansub xalqlarni xalifalik deb nom olgan va bitta xalifa boshqaradigan
yagona diniy davlatga birlashtirib, amaldagi Konstitutsiya va qonunlar o‗rniga, o‗rta
a.larda hukm surgan aqida va odatlarga itoat qildirmoqchi bo‗ladilar. Ming afsuski, ular
bu g‗oyaning puch ekanligi va uni XXI a.da amalga oshirib bo‗lmasligini tushunmaydilar
va johilliklari tufayli tushunishni ham istamaydilar.
Dostları ilə paylaş: