139
Ar-Riyod, Madina va Jiddada bo‗limlari mavjud, yana 13 ta vakolatxonasi bor. I.o.u.
nizomiga muvofiq uning bosh maqsadi – islom ta‘limotini dunyoda hukmron ta‘limotga
aylantirish va islom aqidalariga asoslangan tuzum o‗rnatish. Musulmonlar birligini
ta‘minlash, yoshlar masalasi bilan shug‗ullanish ham uning oldiga qo‗ygan vazifalaridan
hisoblanadi.
ISTE‟FO
(arab.) — hukumatning, uning boshlig‗i yoki alohida vazirlarning I.si,
ya‘ni hukumatga ishonchsizlik bildirilishi, tanbeh berilishi, hukumatdagi ichki ixtiloflar
tufayli yoki o‗z ixtiyori bilan ularning o‗z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi, voz
kechishi (I. berish).
ISTEBLISHMENT
(ing.
establishment
– asoslamoq, mustahkamlamoq) —
ijtimoiy-siyosiy sohada kishilarning imtiyozli tor doirasi. Bu boy saralangan elita bo‗lib,
iqtisodiyotni rivojlantirishga, davlat mafkurasi va siyosatini shakllantirishga hal qiluvchi
ta‘sir o‗tkazadi. I.ni tashkil qiluvchi kishilar, odatda, faoliyatning hal etuvchi sohalarida
rahbar lavozimlarni egallaydilar, bu o‗rinlarga boshqa kishilarning ko‗tarilishini cheklab
qo‗yishga intiladilar, faxrli unvonlarga ega bo‗ladilar.
ISTIBDOD
(ar. cheksiz hokimiyat) — zolimlik, zo‗ravonlik huquqi qonun bilan
cheklanmagan monarxistik idora usuli; zo‗ravonlik asosiga qurilgan zolim hukumat.
Dostları ilə paylaş: