Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   462
LUG\'AT

IQTISODIY INQIROZ
— ishlab chiqarishning keskin suratlarda pasayishi, ishlab 
chiqarish quvvatining to‗la emasligi, ishsizlikning o‗sishi, pul-kredit va valyuta-moliya 
sohasining izdan chiqishi va shu tufayli yuzaga keladigan ayanchli holat. 
IQTISODIY ISLOHOTLAR
— davlatning iqtisod tizimini yoki iqtisodini 
boshqarishni yo‗lga qo‗yish va amalga oshirishdagi katta o‗zgarishlar. Xo‗jalik yuritish 
tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo‗llari va 
usullarida yirik qayta qurishlar, o‗zgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy 
tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga o‗tish maqsadlarida amalga 
oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz bo‗lgan, iqtisodiy tangliklar yuz 
bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat o‗z 
taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda o‗tkaziladi. I.i. 
larzalarsiz, aniq maqsadlar ko‗zlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga binoan 
va davlat rahbarligida o‗tkaziladi. I.i. evolyutsion rivojlanishni ta‘minlaydi. 


135 
IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI
(fr. 
modele
– o‗lchov, namuna) — 
mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari
umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. I.t.m. tushunchasi XX a.ning 
50-yillarida paydo bo‗ldi. ayrim olimlar I.t.m.ni davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan 
yo‗li deb hisoblaydi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari 
shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika 
va postsovet I.t.m.larini ko‗rsatish mumkin. 
IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASHI 
— BMTning asosiy organlaridan biri. 
Uning xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi vazifalarining ijrosi uchun mas'ul 
tashkilot. BMT Bosh Assambleyasi saylaydigan 55 a‘zodan iborat; ularning uchdan biri 
har-yili qaytadan, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a‘zolari bo‘lgan davlatlar esa 
uzluksiz a‘zolar etib saylanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin