Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


INTRIGA  (lot. adashtirmoq) — 1) kirdikor; xiyla-nayrang; g‗arazli maqsad bilan  yashirin qilinadigan harakat.  INVESTITSIYA



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   462
LUG\'AT

INTRIGA 
(lot. adashtirmoq) — 1) kirdikor; xiyla-nayrang; g‗arazli maqsad bilan 
yashirin qilinadigan harakat. 
INVESTITSIYA 
(lot. 
investio
– o‗rash, kiyintirmoq) — iqtisodiyotni rivojlantirish 
maqsadida o‗z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy 
dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish 
(qo‗yish). Pulning vaqt (zamon)ga bog‗liq qiymati nazariyasiga ko‗ra, I. kelajakda naf 
olish maqsadida mablag‗lar qo‗yishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bog‗lashni yoki 
band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki 
bo‗lmasa kapital qiymatini vaqtda o‗stirib borishdir. 
IQTISODIY SIYOSAT 
— davlatning iqtisodiy tadbirlari tizimi, iqtisodga 
maqsadli ta‘sir ko‗rsatish borasidagi maqsadlar, vositalar, vazifalar, tadbirlar birligi. 
Iqtisodiy siyosatning izchilligi va samaradorligi turli omillarga bog‗liq. «Siyosiy 
iqtisod» tushunchani birinchi marta A. Monkreten (Fransiya) o‗zining «Siyosiy iqtisod 
xaqida traktat» asarida (1615-yil) qo‗llagan. Klassik siyosiy iqtisod maktabi 
namoyandalari A.Smit va D.Rikardo (Angliya) hisoblanadi. Bu maktab XVIII a. oxiri - 
XIX a.ning boshlarida tanilgan va obro‗li oqim hisoblangan. Siyosiy hokimiyat 
faoliyatining tarkibiy qismi sifatida u jamiyatning ijtimoiy tarkibi, siyosiy 
subyektlarning va qaror qabul qiluvchi tashkilotlarning manfaatlari, qadriyatlari, ijtimoiy 
ong, siyosiy madaniyat holati, hokimiyat tarkibi (qonunchilik va ijro hokimiyati 
munosabatlari, hukumat va fuqarolik jamiyati munosabatlari, partiyalararo munosabatlar) 
va hokimiyatda kuchlar nisbatiga bog‗liq. Iqtisodiy siyosatning strategik maqsadi – 
samarali va rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni yaratishdan iborat. Bu vazifani 
iqtisoddagi asosiy mafkuralar bajaradilar: Adam Smitning liberal nazariyasi, marksistik 
iqtisodiy nazariya, Djon Meynard Keyns, Fridrix Avgust fon Xayek, Milton Fridman 
konsepsiyalari. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini quyidagi omillar belgilaydi: davlat 
umumiy manfaatlarning xususiy manfaatlardan ustunligini, jamiyat barqarorligini 
ta‘minlashi, destruktiv tendensiyalarga qarshi tura oladi; biznesda xususiy manfaat 
ijtimoiy manfaatdan ustun kelib qolmasligi uchun davlat nazorati kerak; ―bozorda 
qadriyatlar ko‗p, lekin adolat ularning sirasiga kirmaydi‖; Davlat daromadlarni qayta 
taqsimlash vositasida ijtimoiy ―portlash‖larning oldini oladi. Daromad soliqlari: Buyuk 
Britaniyada – 40%; Germaniyada – 55.5%; AQSHda – 45%; Fransiyada – 60%; 


133 
Yaponiyada – 50%; davlat ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarishni (avtomagistrallar, kutubxonalar, muzeylar, politsiya va o‗t o‗chiruvchilar 
xizmati), biznesda davlatning alohida manfaatlari sohasining mavjudligini ta‘minlaydi; 
aholini bozor iqtisodiyotining zararli oqibatlaridan a.aydi (odamlar sog‗lig‗i, hayot 
sharoitlari, ekologiya, milliy xavfsizlik). Buning uchun quyidagi mexanizmlarni 
qo‗llaydi: soliq siyosati, mahsulot sifatini nazorat etish; ishga yollashning standart 
shartlarini tartibga solish; ish haqqining kafolotlangan minimumini belgilash; atrof 
muhitni himoya etish; eksport uchun kvotalar ochish; ayrim tovarlarni mamlakatga olib 
kirish yoki mamlakatdan olib chiqishga cheklovlar qo‗yish; inqirozlar davrida davlat 
tadbirkorlik faoliyatining renimatori (jonlantiruvchisi) bo‗lib-maydonga chiqadi. Budjet 
va monetar siyosat orqali davlat ishlab chiqarish o‗sishini, ishsizlik kamayishini, 
inflyatsiya sekinlashishini nazorat qiladi; davlat tadbirkorlik faoliyatining qonuniy-
huquqiy kafolotlarini va tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi, ya‘ni idealda 
davlat va tadbirkolar – hamkor sifatida qaralishi kerak. Bu quyidagi huquqlarni 
ta‘minlanishida namoyon bo‗ladi: – tadbirkorlik subyektlarining bozorga chiqishi va 
faoliyati uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi; – tadbirkorlarning manfaatlari va 
huquqlarini huquqiy va ijtimoiy himoyasi tizimini yaratish, davlat, boshqarv organlari, 
mansabdor shaxslar tomonidan ularning kamsitilishiga yo‗l qo‗ymaslik; – tadbirkorlik 
faoliyatini olib borish, xususiy korxonalar tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi uchun 
jihozlar va uskunalar sotib olish huquqi orqali; – tadbirkorlar o‗z faoliyatlari sohasini 
erkin tanlashi imkoniyatlari yaratilishi orqali. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin