108
harakat va v.b. orqali amalga oshiriladi. 2) davlat organlari tizimi; 3) tegishli davlat,
ma‘muriy vakolatlarga ega shaxslar, muassasalar.
HOKIMIYAT DISPERSIYASI
— hokimyatning «yoyilishi» hodisasi bo‗lib, bu
ko‗p ta‘sir markazlarining mavjudligi davlatning zaiflashuviga emas., kuchayishiga olib
keladi. Bu o‗rinda gap hokimiyatning ko‗pchilik qo‗lida to‗planishi to‗g‗risida ketadi.
Ammo kuchli markaziy hokimiyatsiz mamlakatda qonun ustivorligini, tinchlikni
ta‘minlash, butun jamiyat samarali taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqish va amalga oshirish
mumkun emas. Barcha rivojlangan demokratiyalar – kuchli markazlashgan davlat
modelida davlatning o‗ta
markazlashishiga to‗sqinlik qiluvchi mexanizmlar ishlab
chiqilgan va ular amalda qo‗llanadi.
HOKIMIYAT TANGLIGI
—
davlat hokimiyati organlarining faoliyati keskin
yomonlashuvi, bu - shashishida o‗z aksini topadigan jamiyatdagi yoki uning biron
ma‘muriy – hududiy birligidagi tanglik vaziyati. U yangi hokimiyat markazlarining
vujudga kelishi bilan ham xarakterlanadi.
HOKIMIYAT VAKILI
—
huquqni muhofaza etuvchi yoki nazorat qiluvchi
organda mansabdor shaxs, hamda belgilangan tartibda o‗ziga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xizmat
bo‗ysinuviga ega bo‗lmagan shaxslarga nisbatan farmoyish berish vakolatiga ega bo‗lgan
o‗zga mansabdor shaxs. H.v. vakillik organlarning mansabdor shaxslari, deputatlar va
ularning yordamchilari, ijro etuvchi organlarning, nazorat qiluvchi organlarning shun.
soliq xizmatining, sanitariya-epidemiologiya nazoratining hamda boshqa nazorat
organlarining mansabdor shaxslari tegishlidir. O‗z vakolatlarini amalga oshirish vaqtida
h.v. vakolatlariga ega bo‗lgan jamoat birlashmalarning vakillari – jamoat inspektorlari,
xalq drujinachilari va b.lar ham h.v. hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: