HARBIY KOMISSARLIK — sho‗ro lar davrida harbiy safarbarlik va umumiy
harbiy xizmatga chaqirish, zaxiradagi harbiylarni hisobga olish ishlari bilan
shug‗ullanuvchi mahalliy harbiy boshqarish organi. O‗zbekiston Respublikasida H.k.
o‗rniga Mudofaa ishlari boshqarmasi (viloyat) va bo‗limlari (shahar va tuman) tuzilib,
uning asosiy vazifasi: harbiy safarbarlikka tayyorlash va o‗tkazish, aholi va xalq xo‗jaligi
resurslarini hisobga olish, yoshlarni harbiy xizmatni o‗tashga tayyorlash va b. mudofaa
tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Unga O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Bosh shtabi va harbiy okrug qo‗shinlari qo‗mondonlari rahbarlik qiladi.
HARBIY KOMMUNIZM — Sovet hokimiyati 1919-yildan boshlab mamlakatda
«harbiy kommunizm» siyosatini joriy etdi. Uning mazmunini oziq-ovqat razvyorstkasi
deb atalgan tartib joriy etilganligi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyorstkasi – bu
dehqonlarning o‗zlaridan ortiqcha qishloq xo‗jalik mahsulotlarining hammasini davlatga
majburiy tartibda topshirishidir. Davlatga g‗alla och qolayotgan shahar aholisini (Sovet
hokimiyatining asosiy tayanchi bo‗lgan ishchilarni) va qizil armiyani non bilan
ta‘minlash uchun zarur edi. «Harbiy kommunizm» – bu xususiy savdoning batamom
taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida
taqsimlash, faqat yirik va o‗rta sanoatgina emas., hatto-mayda sanoatni ham
milliylashtirish, boshqaruvning o‗ta markazlashtirilishi ham edi. Bu iboradagi «harbiy»
so‗zi - bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida qo‗llanilganligini
anglatadi. «Kommunizm» so‗zi esa 1919-1921-yillarda Sovet Rossiyasida marksizm-
leninizm ta‘limoti tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagi xususiyatlar amal
qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin,
mehnat uchun pul to‗lanmasligi; aholiga iste‘mol mollarini taqsimlab berishning amal
qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi.