Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


GETEROGEN — xilma-xil, sifat jihatidan turli negizlardan iborat.  GETEROGENDIR



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   462
LUG\'AT

GETEROGEN
— xilma-xil, sifat jihatidan turli negizlardan iborat. 
GETEROGENDIR
(yun. 
geterrogen
– turli xil) — ko‗p partiyaviylik tizimdagi bir 
xil vositalar bilan raqobatlashmaydigan turli xil siyosiy tashkilotlar. 
GETTO
(ing.) — o‗rta a. katta shaharlarida yahudiylar yashashi majburiy bo‗lgan 
mahallalar. XVIII a. fransuz inqilobidan so‗ng ularga barham berildi. Natsistlar o‗zlari 
bosib olgan mamlakatlarda yahudiylar uchun tuzganlar, keyinchalik ular o‗lim lagerlariga 
aylanib ketgan. Hozirgi vaqtda ular ayrim mamlakatlarda milliy, etnik ozchilik uchun 
tashkil etiladigan hollarda uchraydi. 
GILDIYA TIZIMI
(nem. 
korporatsiya
) — elitalarni shakllantirish tizimlaridan 
biri. Unga 1) yopiqlik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash, 
yuqoriga siljishning pog‗onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko‗plab rasmiy 
shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi; 4) 
mavjud etakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi. 


100 
GIMN
(yun. 
hymnos
) — tantanavor qo‗shiq, she'r. Yunonistonda dastlab afsonaviy 
xalq qahramonlari, xudolar sha'niga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. 
Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bag‗ishlangan G.lar paydo 
bo‗lgan. (q. Davlat madhiyasi, Madhiya). 
GINEKOKRATIYA
(yun. 
qune

ayol va 
kratos

hokimiyat) — ayollar 
hokimiyati. Jamiyat taraqqiyotining xo‗jalikda, ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollar 
hukmronligidan iborat bosqichi. Fanda ko‗pincha matriarxat termini ishlatiladi. 
GIPOTETIK
(yun. 
hypothetikos
– taxminiy) — faraz va taxmin qilingan. 
GIPOTEZA
(yun. 
hypothesis

asos, taxmin) – hodisalarning qonuniy (sababli) 
bog‗lanishi to‗g‗risidagi taxm. mulohaza, faraz. G. ilmiy bilishni rivojlantirish uchun 
asos bo‗ladi. G.ning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez
mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga o‗tish, sababiy 
bog‗lanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy G. bir guruh 
hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi to‗g‗risidagi, xususiy G. alohida, yakka 
hodisalar, jarayonlar sababi to‗g‗risidagi taxmindir. Har qanday G. tekshirishni talab 
qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad 
etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin bo‗lmaganda, cheklangan 
miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda G.ga ehtiyoj tug‗iladi. U keyingi 
bilimlarga, tekshirishlarga yo‗l ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa G.ni tug‗diradi. 
G. bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. 
GLOBAL 
(fr
.
global

umumiy, lot. 
globus

shar) — 1) butun yer sharini qamrab 
oluvchi; 2) har tomonlama, to‗liq, yalpi, universal. 
GLOBAL INQIROZ
— globallashuvning salbiy jarayonlari sistemasi. 
Globallashuv jarayoni o‗ziga xos xususiyati shundaki, dunyoning qaysi chekkasida 
qanday bir voqea-hodisa yuz bersa, bu obyektiv jarayon jahonning boshqa chekkasida 
ham tezda aks sado beradi . 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin