Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   462
LUG\'AT

GENDER (JINSIY) TENGSIZLIGI
— iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda 
erkaklar va ayollar o‗rtasidagi tengsizlik. Bu bir xil ishga turlicha ish haqi to‗lanishi, 
ta'lim olishda kam imkoniyatlarga ega bo‗lish, yuqori mansablarga ko‗tarilish hamda 
siyosiy hayotda ishtirok etishdagi cheklovlar va b.larda namoyon bo‗ladi. 
GENERAL
(lot. 
generalis

umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon 
(daraja). Dastlab, XVI a.da Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada XVII a.ning 2-yarmidan 
ma'lum. O‗zbekiston qurolli kuchlarida G.mayor, G.leytenant, G.polkovnik, armiya G.i 
kabi G.lik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qo‗shin turlarida G.lik 
unvoniga (armiya G.idan tashqari) tegishli qo‗shin nomi qo‗shib ataladi (mas., artilleriya 
G.mayori). 
GENERAL-GUBERNATOR
— 1) Britaniya Hamdo‗stligi mamlakatlari tarkibida 
bo‗lib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq 
dominionlar)da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs. Mas., Kanada, 
Avstraliya, Yangi Zellandiya G.-g. tomonidan boshqariladi. 2) 1775-1917-yillarda 
Rossiya mahalliy ma'muriyatidagi oliy mansab. Uning qo‗lida fuqarolik va harbiy 
hokimiyat bo‘lgan. 1775-yil Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat 
(oblast)lardan tashkil topgan ma'muriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni G.-g.lar 
boshqargan. Mas., Rossiya Turkistonni bosib olgandan so‗ng Turkiston general-
gubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi G.-g.i etib K. P. fon 
Kaufman tayinlangan 
GENERALISSIMUS
(lot
.
generalissimus

eng oliy) — ba'zi mamlakatlar qurolli 
kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 10.01.1569-yil Fransiyada joriy etilgan. 
Rossiyada G. unvon sifatida Pyotr I tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov 
(1717), A. V. Suvorov (1799) va b. shu unvonga sazovor bo‗lishgan. Sobiq Ittifoqsa G. 
Unvoni 1940-yil ta'sis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. XX a.da Ispaniyada F. 
Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim Ir Sen va b.ning G. unvoni bo‗lgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin