94
F.o‗.o‗.b.o. huquqiy holati ko‗rsatib o‗tilgan. Ushbu qonunga ko‗ra, F.o‗.o‗.b.o.
quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shun., shahar, shaharcha, qishloq
va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig‗ini; fuqarolar yig‗inining kengashi;
fuqarolar
yig‗ini faoliyatining asosiy io‗nalishlari bo‗yicha komissiyalar; fuqarolar yig‗inining
taftish
komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‗lgan
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
tuziladigan ma'muriy komissiya. F.o‗.o‗.b.o. mahalliy
davlat hokimiyati organlari
tizimiga kirmaydi. F.o‗.o‗.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi,
namunadagi
muhrga ega bo‗ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‗yxatga olinishi kerak.
FUQAROLIGI
BO„LMAGAN
SHAXSLAR
(
apatridlar)
— muayyan
mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini
isbotlaydigan dalillari bo‗lmagan shaxslar. Shaxs o‗z fuqaroligini yo‗qotgan va yangidan
fuqarolik huquqini olmagan vaqtda fuqarosizlik kelib chiqadi. F.b.sh. soni ko‗payganligi
tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va F.b.sh.ni himoya qilishga
qaratilgan bir qancha
xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (mas., Fuqarosizlikni kamaytirish to‗g‗risidagi
1961-yilgi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi to‗g‗risidagi 1957-yilgi
konvensiya).
Dostları ilə paylaş: