Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   462
LUG\'AT

FEMINISTIK TASHKILOTLAR
— qator mamlakatlardagi xotin - qizlar 
harakatida asosiy o‗rinni egallaydilar. Bunga AQSH yaqqol misol bo‗ladi. Bu 
mamlakatdagi xotin-qizlar harakatida feministik mafkura eng yorqin va to‗la o‗z 
ifodasini topgan. Keyingi yillarda feministik mafkura va harakatda ikki oqim: liberal 
islohotchilik va radikal oqimlar qaror topdi. 
FEMINIZM
— XVIII a.da vujudga kelgan va erkak, ayollar o‗rtasida tenglik 
o‗rnatish uchun harakat. I bosqichda XIX - XX a.ning birinchi yarmida huquqiy tenglik 
uchun, XX a. o‗rtalaridan - amaliy tenglik uchun (II bosqich) kurash olib borgan. Hozirgi 
davrning eng kuchli ijtimoiy-siyosiy harakatlaridan biri. 
FETISHIZM
(portugalcha 
feitico
, fr. 
fetiche

sehrli narsa, tumor) — g‗ayritabiiy 
xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar 

fetishlarga sig‗inish. Sig‗inish 
obyektlari, ya‘ni fetishlar 

tosh, tayoq, ko‗zmunchoq, tumor va har qanday buyum 
bo‗lishi mumkin. F. dinning qadimiy unsurlaridan biri. Barcha ibtidoiy xalqlarda bo‗lgan. 
FIDOKORLAR 
MILLIY 
DEMOKRATIK 
PARTIYASI 
(FMDP)
— 
O‗zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2000-yil 25-iyulda ro‗yxatga olingan va shu-yil Dasturi hamda Ustavi qabul 
qilingan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, 
huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi 
turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga etkazish, 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin olishiga amaliy hissa 
qo‗shishdan iborat. FMDP kelajakka yoshlar nazari bilan qaraydi. Yoshlarni yuksak 
ma'rifatli, bilimdon, g‗oyaviy-siyosiy jihatdan hushyor, ma'naviy barkamol bo‗lib voyaga 
etishini ta‘minlashga intiladi va yoshlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan. FMDP 
2008-yil ―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi bilan birlashgan. 
FIRQA
(arab. guruh, to‗da) — islomiy e'tiqodga doir bir yoki bir necha masala 
yuzasidan maxsus fikrga ega bo‗lgan kishilar guruhi; maktab, jamoa. 
FLOTILIYA 
(fr.) — 1) harbiy-dengiz floti (harbiy-dengiz kuchlari)ning operativ 
birlashmasi yoki yirik qo‗shilmasi. Dengiz, daryo, ko‗l F.lari mavjud; alohida yoki biror 
flot tarkibiga kirishi mumkin. 2) ov qiluvchi, ekspedisiya yoki sport kemalari 
qo‗shilmasi. O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qo‗mitasi 
tarkibida Amudaryo F.si bor. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin