90
fashistik tuzumlari shaklida namoyon bo‗ladi. F.ning har qanday ko‗rinishi demokratiya
tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon e'tiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri,
erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga
haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar
siyosiy partiya shakllanadi va u davlat monopol tashkilotiga aylanadi. F.
ana shunday
tashkilotga va «dohiy»ning e'tiroz bildirib bo‗lmaydigan obro‗-e'tiboriga tayanadi. F.ning
eng muhim qoidalari: qon birligiga asoslangan oliy va mangu jamoa sifatida millatni
e‘tirof etish; millatlarni oliy va quyi millatlarga taqsimlash; oriy, shimol irqiga mansub
bo‗lgan nemislarni oliy, madaniyat yaratuvchi millat sifatida e‘tirof etish, chunki ularning
tomirlarida oqayotgan qon jasorat ruhi, ijodiy daholik, mas‘uliyat va g‗urur
hissiyotlari
bilan to‗lib-toshgan; nemis irqining mutlaqligi unga tarixda messionerlik rolini amalga
oshirishga o‗z-o‗zidan huquq beradi; eng muhim irq sifatidagi nemislar boshqa millatlar
ustidan ularni qarshiligini shafqatsizlik bilan bostirgan holda hukmronlik qilishi lozim;
ayrim xalqlarni (yahudiy, lo‗lilar) jismoniy jihatdan yo‗q qilinishga mansub bo‗lgan
―nomukammal‖ xalqlarni e‘lon qilish; siyosiy sohada – antidemokratik tartibot,
partiya
tomonidan harbiy tashkilot tamoyillari bo‗yicha barpo etilgan keskin markazlashgan
rahbarlik qiluvchi dohiyning (fyurer, duche, kaudil‘o) cheksiz hokimiyati; iqtisodiyot va
siyosiy sohaning harbiylashtirilishi.
Dostları ilə paylaş: