87
balki uni keng ma‘noda, barcha jismoniy va ma‘naviy (ko‗pincha fuqarolikka ham oid)
qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Uningcha, o‗z shaxsida ana shu qadriyatlarni
mujassamlantira olgan kishigina
chinakam baxt saodat sohibidir, shunday baxtgina
insonga haqiqiy lazzat farog‗at baxsh etadi.
Demokrit, epikur, Farobiy, Ibn Sino,
L.Feyrbax evdemonizmning yorqin namoyondalaridir.
EVOLYUTSIYA
(lot.
evolutio
– avj olish, ochilmoq) — rivojlanishning sinonimi;
asta-sekinlik bilan boruvchi miqdor o‗zgarishlarining muayyan
sharoitda yangi sifatga
o‗tishiga olib keluvchi harakat shakli. Bosqichma-bosqich ro‗y beradigan miqdor va sifat
o‗zgarishlari. E.da rivojlanishning sifatiy asosi keskin o‗zgarmaydi, uning boshlanish va
yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat o‗tadi. Evolyutsion rivojlanishda
portlash hodisasi ro‗y bermaydi. Jamiyatda ro‗y beruvchi o‗zgarishlarning yo‗nalishini,
tartibini,
qonuniyatlarini ifodalab, muayyan tizimdagi o‗zgarishlarning doimo o‗zidan
ilgarigi holatidan farq qilishini qo‗rsatib turadi va fanda tarix,
tarixiylik, taraqqiyot,
rivojlanish, o‗sish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.