ETNOKRATIK DAVLAT — millatning jamoaviy huquqlari shaxsning individual
huquqlaridan ustuvor bo‗lgan davlat.
ETNOKRATIYA (yun.
ethnos – qabila, xalq) — bir muayyan etnik guruhning
boshqa entik guruh (qabila, elat, xalq)lar usitidan erishgan hukmronligi. Bunday
tushunchalarni keng tushunish etnokratologiya haqida so‗z yuritishga imkon beradi.
ETNOPSIHOLOGIYA —
xalqlar mentalitetining o‗ziga xosligini hamda
mintaqalarda siyosiy islohotlarning samaradorligi va shakllariga millatlarning etnik
xususiyatlarining ta‘sirini tadqiq etadi.
ETNOS (yun. xalq) — odamning biron millatga mansubligi. Etnos doimo
rivojlanishda bo‗lib, unga xos hech bir belgini doimiy xoslik deb qarash kerak emas.
Millat etnik jamoa
hisoblanadi. E. turli jamoalar (qabila, elat) tomonidan qayd etilgan
odamlarning mustahkam ijtimoiy guruhining tarixiy paydo bo‗lishi.
ETNOSIYOSIY MAFKURA — siyosiy mafkura turlaridan biri. Keyingi yillarda
nafaqat rivojlanayotgan davlatlarda, balki rivojlangan (Buyuk Britaniya, Ispaniya,
Belgiya) mamlakatlarda ham ko‗zga tashlanadi. Ayniqsa, Yugoslaviya, Chexoslovakiya,
postsovet respublikalarida etnosiyosiy mafkuralar keng qanot yoydi. E.m.larning ma‘nosi
kamsonli xalqlarning o‗z davlatchiligini qo‗lga kiritish va shu bilan o‗zlarining o‗ziga
xosligi, ya‘ni tili, madaniyati, an‘analarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlarni
yaratishga bo‗lgan intilishlardan iboratdir. Bu mafkuralarga jahondagi integratsiya
jarayoni va banalminallashuv qarama-qarshi turadi. Etnosiyosiy mafkuralarning ma'nosi
kamsonli xalqlarning o‗z davlatchiligini qo‗lga kiritish va shu bilan o‗zlarining o‗ziga
xosligi, ya'ni tili, madaniyati, an'analarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlarni
yaratishga bo‗lgan intilishlardan iboratdir. Bu mafkuralarga jahondagi integratsiya
jarayoni va banalminallashuv qarama-qarshi turadi.
ETNOTSENTRIZM (yun.
etnos – guruh, lot.
sentrum – markaz) — alohida shaxs
va ijtimoiy guruh tomonidan ijtimoiy hayot hodisalarini muayyan etnik birlik nuqtai
nazaridan baholanishi. E. u yoki bu millat uning intilishlari haqida o‗ta ziddiyatli, kerak
bo‗lsa ongli ravishda murakkablashtirilib kelingan, ayni paytda ayrim siyosiy kuchlar
tomonidan ko‗pirtirilayotgan g‗oya tarzida, global barqarorlik hamda millatlararo o‗zaro
ishonch amaliyotiga salbiy ta‘sirga ega g‗oyaviy-siyosiy kuch hisoblanadi.