Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   462
LUG\'AT


FAKTOR-TAHLIL 
(lot. ishlab chiqaruvchi) — ko‗p o‗lchovli matematik statistika 
usuli. U ijtimoiy obyektlar belgilari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni o‗lchash va belgilarni 
ana shu o‗zaro aloqalar asosida turkumlashga asoslanadi. Juft korrelyasiyalar asosida 
faktor tahlilda yangi, yirikroq belgilar olinadi. Ana shular faktor deb ataladi. 
FALSAFA (siyosiy falsafa)
— siyosatni yaxlit holda, uning tabiati, inson uchun 
ahamiyati nuqtai nazaridan o‗rganuvchi, siyosiy hayotning ideallari, me'yoriy tuzilishini 
ishlab chiquvchi, siyosatni baholashning umumiy mezonlarini belgilab beruvchi bilim 
sohasi. Siyosiy falsafa predmetini uch toifa hodisalar tashkil etadi: 1) siyosatni axloq, 
yirik ijtimoiy guruhlar va insoniyat nuqtai nazaridan baholash mezonlari, siyosiy 
qadriyatlar; 2) tarixiy tajriba, umumlashmalar asosida siyosatning tub asoslarini 
o‗rganish; 3) siyosatni bilish usullari va vositalarini tahlil qilish, siyosiy kategoriyalar 
ma'nosini aniqlash. 
FALSIFIKATSIYA
(lot. sohtalashtirish) — haqiqiyni qalbakiga, aslni sohtaga 
almashtirish, real borliqni buzib ko‗rsatish. 
FANATIZM
(lot. 
fanaticus
juda asabiylashgan, jazavaga tushgan) — o‗z 
e'tiqodiga sodiqlikning boshqalarning e'tiqodlariga toqatsizlilik bilan uyg‗unlashuvi. 
Ya‘ni muayyan g‗oya, e‘tiqodga ko‗r-ko‗rona va kuchli ishonish ma‘nosini anglatadi. 
F.ning iste‘molchilik, diniy, siyosiy-g‗oyaviy, falsafiy va milliy shakllari mavjud. 
Siyosiy fanatizmga fransuz inqilobi davrida, siyosiy partiyadan ko‗ra ko‗proq o‗ziga xos 
siyosiy mazhabga o‗xshab ketadigan yakobinchilar siyosiy mutaassiblikka misol bo‗ladi. 
F.ning xatarli jihati shundaki, unga yo‗liqqan odanlar yoki ularning guruhlari jamiyatda 
beqarorlik to‗lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‗ladi.
FAOLIYAT
— kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning o‗zini 
o‗zi maqsadga muvofiq tarzda o‗zgartirish usuli, inson borlig‗ining muhim 
xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon bo‗lishi, 
jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi ta‘minlanishi mumkin. Inson va 
jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha 
turkumlashtiriladi: moddiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy F. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin