Bugungi kunda O‘zbekistonda ham “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga
oshirilmoqda. Mamlakatda 2030-yilgacha “Yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi1 qabul qilingan.
Bundan tashqari O‘zbekis ton Parij bitimi (Parij,
2015-yil 12-dekabr)ga a’zo bo‘lgan bo‘lib, bu ham
O‘zbekiston oldiga “Yashil iqtisodi yot”ni rivojlan-
tirish bo‘yicha bir qator maj buriyatlarni qo‘yadi.
Shundan kelib chiqqan holda ushbu tadqiqot dunyo reytingida “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlanishi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar guruhi, ya’ni Shimoliy Yevropa
mintaqasi (The Nordic region) tajribasini o‘rga nish-
ga bag‘ishlangan. 2020-yilgi Yashil o‘sish indeksi
instituti hisobotiga ko‘ra dunyo reytingida Shvetsi-
ya 78,72 natija bilan bu indeksda yetakchilik
qilmoqda.