Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   462
LUG\'AT

FUQAROLIK JAMIYATI
— huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy 
hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti 
shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda 
erkinliklari qaror topadigan, ko‗p partiyaviylik, siyosiy mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi ta‘minlanadigan hamda o‗zini-o‗zi boshqarish organlarining mavqei baland 
bo‗lgan ijtimoiy tuzum. F.j. tushunchasi antik davrdan boshlab namoyon bo‗lgan. 
Kategoriya sifatida ilk bor XVIII a. boshlarida yevropalik faylasuflar asarlarida ko‗zga 
tashlanadi. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy va 
huquqiy jihatdan o‗z ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, o‗zini o‗zi boshqarish 
organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular 
orqali qondiradilar. F.j.da fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
o‗rnatadi, davlatning ko‗pgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. F.j. 
bu o‗zini o‗zi boshqarishdir. Uning birinchi va asosiy tamoyili shu. F.j. demokratik 
siyosiy tizim shakllanishining eng muhim sharti hisoblanadi. F.j. aholi ijtimoiy 
faolligining davlat organlari faoliyatiga bog‗liq bo‗lmagan turli shakllarini o‗z ichiga 
olgan majmuini ifodalaydi hamda jamiyat tuzilishining haqiqiy holati yoki darajasini 
namoyon etadi. F.j. tushunchasi ifodalaydigan ijtimoiy aloqalar majmui u yoki bu 
mamlakat xalqiga xos bo‗lgan fuqarolik munosabatlarining sifat ko‗rsatkichi bo‗lib, 
ijtimoiy sohada davlat va jamiyat funksiyalarini farqlaydigan asosiy mezon hisoblanadi. 
F.j. tushunchasi keng va tor ma‘noda qo‗llaniladi. Keng ma‘noda f.j. jamiyatning davlat 
tuzilmalarining nazorati yetib bora olmaydigan barcha qismini qamrab oladi. Tor 
ma‘noda, huquqiy jamiyat bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, ular bir-birisiz mavjud bo‗la 
olmaydi. F.j. bozor va demokratik huquqiy davlatchilik sharoitida davlat tomonidan 
boshqarilmaydigan, erkin va teng huquqli shaxslarning o‗zaro munosabatlarini 
ifodalaydi. Bu individual huquqlar va xususiy manfaatlar erkin amal qiladigan ijtimoiy 
makon hisoblanadi.


95 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin