29
yorlig‗ini yoki chaqirib olish yorlig‗ini topshirishi ham A. dir. 1815-yil 19-martda
Venada diplomatik vakillar to‗g‗risida qabul qilingan reglamentga
muvofiq bevosita
davlat boshlig‗idan A. surashga faqat muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor.
Muvaqqat ishlar vakili va b. darajali diplomatik vakillar A. haqida shu davlat tashqi
ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.
AUTENTIK
(grek.
authentikos
– asl, haqiqiy) — biron-bir hujjatning boshqa tilda
yozilgan matniga aynan o‗xshash va u bilan bir xil kuchga ega bo‗lgan matni.
Xalqaro
munosabatlarda A. termini xalqaro shartnomalarda qo‗llaniladi. Agar shartnoma ikki
yoki undan ko‗p tilda tuzilgan bo‗lsa, umumiy qoida bo‗yicha, uning har bir tildagi matni
A., ya‘ni bir xilda asl nusxa va teng yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.
Biroq
shartnomadagi qoidalarni sharhlashda turli xil fikr paydo bo‗lgan hollarda shartnomada
ko‗rsatilgan tilda yozilgan matndagi fikr va qoidalar asosiy kuchga ega bo‗ladi, deb yozib
qo‗yiladi.
AUTRICH
— bu jamiyatdan ajralib qolgan ijtimoiy guruhlar bilan aloqa o‗rnatish
va ularga ma‘lumot, konsultatsiya va b. yordam turlarini yetkazish usuli.
AVANGARD PARTIYALAR
—
partiyaning muayyan turi. U yetakchilikka da‘vo
qiladi. A.p. mamlakatdagi muammolarni hal qila olishi va jamiyatga
samarali rahbarlik
qila olishidan kelib chiqadi. Odatda, A.p. o‗z mandatini inqiloblar, to‗ntarishlar natijasida
oladi va so‗ngra, o‗z faoliyatini
legitimlashtirishga urinadi; davlat tuzilmalari bilan
birlashishiga harakat qiladi.
AVANTYURA
(fr.
aventure
–
sarguzasht, tavakkal) — tasodifiy muvaffaqiyatga
erishish
uchun tavakkal qilingan, shubhali faoliyat;
haqiqiy imkoniyatni hisobga
olmasdan ishga kirishish.
Dostları ilə paylaş: