ATOM ENERGIYASI BO„YICHA YEVROPA AGENTLIGI (
AEYA ) —
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) a‘zolari bo‗lgan G‗arbiy Yevropa
mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlashmasi. U 1957-yil dekabrda tuzilgan.
AEYAning o‗z ustavi, rahbar qo‗mitasi (Parijda joylashgan) va xalqaro kotibiyati bor.
AEYA faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurishga, o‗zaro ilmiy-texnika
hamtsorligini rivojlantirishga, atom energiyasidan foydalanish masalalarida milliy qonun
va tartiblarni kelishibolishga qaratilgan. U Atom energiyasi bo‗yicha Yevropa
hamkorligi (AEEH) bilan yaqin aloqada.
ATOM ENERGIYASI BO„YICHA YEVROPA HAMKORLIGI (
YEVRATOM )
— atom energiyasi sohasida birgalikda tadqiqot o‗tkazish va undan birgalikda
foydalanish, atom energiyasi va atom sanoati zaxiralarini birlashtirish maqsadida tuzilgan
tashkilot. Unga dastlab G‗arbiy Yevropadagi 6 mamlakat (Germaniya, Fransiya, Italiya,
Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg) kirgan. Yevratom 1957-yil 25 martda Rimda
imzolangan shartnoma asosida vujudga kelgan. Rivojlangan Yevropa davlatlari tashkiloti
bo‗lgan bu mustaqil birlashmaga 28 davlat kiradi. Yevropa davlatlaridan tashqari unga
Yaponiya, Meksika, Kanada va AQSH a‘zo. Yillik budjeti 80 mln. frank yoki 16 mln.
AQSH dollariga teng (1997).
ATRIBUT (lot.
atributum – muhim belgi, aniqlovchi) — 1) biron-bir predmet yoki
hodisaning muhim va ajralmas xususiyati, tarkibiy qismi (mas., siyosatshunoslikda
siyosatning A.i - hokimiyat).
ATTASHE (fr. – aynan, birkitilgan) — 1) 1- diplomatik martaba. A. martabasi
deyarli barcha davlatlar qonun hujjatlariga binoan tashqi ishlar vaziri buyrug‗i bilan
diplomatik vakolatxonalar va idoralarning ikki-uch yillik ish tajribasi bo‗lgan
xodimlariga beriladi; 2) harbiy, harbiy-dengiz, harbiy-havo A.lari – o‗z mamlakati
tegishli qo‗shinlar turlarining A. xizmat qilib turgan boshqa bir davlat qurolli kuchlari
hududidagi diplomatik vakolatxonasining lavozimdor shaxslari, ular diplomatik vakilga
barcha harbiy masalalar bo‗yicha yordam ko‗rsatishadi. Mavqeiga ko‗ra, harbiy A.lar
diplomatga tenglashtirilib, diplomatik korpus tarkibiga kiritiladi va diplomatik imtiyozlar
va daxlsizlik huquqiga ega bo‗ladi; 3) savdo, moliya, q. x., fan va texnika, baliqchilik,
shun. madaniyat hamda matbuot bo‗yicha A. – diplomatik vakolatxonaning mazkur
sohalarga oid masalalar bilan shug‗ullanuvchi xodimlari, diplomatik imtiyozlar va
daxlsizlik huquqiga, matbuot bo‗yicha A. esa diplomat martabasiga ega.