113
ko‗proq uchraydi. (parlament boshqaruvi mamlakatlarida – premer-ministr, kansler;
prezident respublikalarida – prezident). Mas., sobiq SSSRda – bu Xalq Komissarlari
Sovetining Raisi (1936-yilgi Konstitutsiyaga binoan), 1946-yildan e‘tiboran – SSSR
Ministrlar Sovetining Raisi, 1990-yil 26 dekabrdagi islohotga ko‗ra (SSSR Vazirlar
Mahkamasi joriy etilgach) – Bosh vazir. O‗zSSRda ham tegishlicha Xalq Komissarlari
Sovetining va keyin Ministrlar Sovetining Raisi deb atalgan. Parlament boshqaruvi amal
qiluvchi mamlakatlarda hukumat boshlig‗i davlat boshlig‗i tomonidan tayinlanadi.
Odatda bu - g‗olib partiya yetakchisi yoki hukumat koalitsiyasi tarkibidagi partiya
yetakchisi. O‗zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga ko‗ra, O‗zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri. ―Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va
unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi‖
deyilgan ―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi Qonun (yangi
tahriri)ning 15-moddasida.
HUKUMAT INQIROZI
— siyosatining tanazzulga yuz to‗tishi yoki mamlakat
aholisining unga nisbatan ishonchsizlik bildirib hukumat iste‘fosini talab qilishi va
hukumatning biror bir vazifani uddalay olmasligi oqibatida hukumatning qisman yoki
to‗liq iste‘foga chiqishi. Agar hukumat yuzaga kelgan vaziyatni uddalay olmasa,
parlament uni qo‗llab quvvatlashdan bosh tortadi va vazirlar mahkamasini istefoga
chiqaradi. Hukumat inqirozi lider-yetakchilar va b.ruv shaklini almashuviga olib kelishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: