109
shaharL.Monteske hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasining bugungi kunda amal qilayotgan
ikkinchi, teng, mustaqil va bir-birini nazorat etuvchi hokimiyatlar modelining muallifidir:
hokimiyatlar o‗rtasidagi munosabatlar shunday qurilishi kerakki, ular davlat vazifalarini
mustaqil hal qilgani holda, har biri o‗z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatga
solishi va biror organ hokimiyatni bir tomonlama egallab olishining oldini ola bilishi
lozim. Bugungi kunda bu model AQSH Konstitutsiyasining negizini tashkil etadi.
Tarixiy tajriba hokimiyatlar bo‗linishi tamoyili izchil va uyg‗un holda aynan prezidentlik
boshqaruvida namoyon bo‗lishi tasdiqlandi. XX a.ning boshlarida hitoy siyosiy arbobi
Sun Yatsen hokimiyatni uchga emas., mamlakat an‘analaridan kelib chiqqan holda,
beshga bo‗lishni taklif etgan. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari qatoriga nazorat va
imtihon hokimiyatlarini kiritgan. Hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasining asosiy
tamoyillarini qisqacha qo‗yidagicha ifodalash mumkin: hokimiyatning yagona manbai
(xalq) mavjudligi; hokimiyatlar bo‗linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har bir
hokimiyat tarmog‗i o‗z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati cheklanadi.
Konstitutsiyaga ko‗ra qonunchilik, ijro va sud hokimiyati turli odamlarga va turli
organlarga topshiriladi; har bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga
solib turish mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila olmaydi; barcha
hokimiyatlar mustaqil va biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi; hech bir
hokimiyat boshqasiga berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy hokimiyat
emas va shu tariqa siyosiy ta‘sirlardan holi – u faqat qonun asosida faoliyat yuritadi.
hokimiyatlar bo‗linishi nazariyasi bilan birga va unga qarama-qarshi ravishda yagona
davlat hokimiyati nazariyasi ham rivojlangan. Uning mohiyati davlat hokimiyatining
yagonaligi, markazlashganligi, bo‗linmasligi va qudratliligi tushunchalarida bayon
etiladi. Qadimgi Sharq davlatlari – Misr, Fors davlatlari, O‗rta a. xristian davlatlari,
mualliflardan Makiavelli, Gobbs, nemis huquqshunosi Samuel Puffendorf, Russo, Marks,
Lenin, Stalin, fashizm mafkurasida ana shunday davlatchilik g‗oyasi mukammal ishlab
chiqilgan edi. Hokimiyatlar bo‗linishi prinsipi parlamentar davlatlarda kamroq darajada
amal qiladi, chunki ularda parlament ijro etuvchi hokimiyat organlaridan ustun turadi.
Hokimiyatlar bo‗linishi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida
konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo‗yilgan bo‗lib, unga
ko‗ra ―O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi prinsipiga asoslanadi‖. Ushbu
prinsip mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlariga nisbatan qo‗llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: