Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   462
LUG\'AT

HOKIMIYAT 

 
1) kishilar, ijtimoiy guruhlar hamda sinflarning faoliyatiga, xulq-
atvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siyosiy, g‗oyaviy, ijtimoiy mexanizmlar, shun., kuch 
ishlatish, zo‗rlik qilish, ishontirish qobiliyatlari bilan ta‘sir etuvchi faoliyatning alohida 
shaklidir. U odamlarni, moddiy obyektlarni, hududlarni boshqarish, ularga hukmronlik 
qilish, ularni tasarruf etish imkoniyati hisoblanadi. H. obro‗- e‘tibor, nufuz, so‗z, hujjat,


108 
harakat va v.b. orqali amalga oshiriladi. 2) davlat organlari tizimi; 3) tegishli davlat, 
ma‘muriy vakolatlarga ega shaxslar, muassasalar. 
HOKIMIYAT DISPERSIYASI 
— hokimyatning «yoyilishi» hodisasi bo‗lib, bu 
ko‗p ta‘sir markazlarining mavjudligi davlatning zaiflashuviga emas., kuchayishiga olib 
keladi. Bu o‗rinda gap hokimiyatning ko‗pchilik qo‗lida to‗planishi to‗g‗risida ketadi. 
Ammo kuchli markaziy hokimiyatsiz mamlakatda qonun ustivorligini, tinchlikni 
ta‘minlash, butun jamiyat samarali taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqish va amalga oshirish 
mumkun emas. Barcha rivojlangan demokratiyalar – kuchli markazlashgan davlat 
modelida davlatning o‗ta
 
markazlashishiga to‗sqinlik qiluvchi mexanizmlar ishlab 
chiqilgan va ular amalda qo‗llanadi. 
HOKIMIYAT TANGLIGI 

 
davlat hokimiyati organlarining faoliyati keskin 
yomonlashuvi, bu - shashishida o‗z aksini topadigan jamiyatdagi yoki uning biron 
ma‘muriy – hududiy birligidagi tanglik vaziyati. U yangi hokimiyat markazlarining 
vujudga kelishi bilan ham xarakterlanadi. 
HOKIMIYAT VAKILI 

 
huquqni muhofaza etuvchi yoki nazorat qiluvchi 
organda mansabdor shaxs, hamda belgilangan tartibda o‗ziga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xizmat 
bo‗ysinuviga ega bo‗lmagan shaxslarga nisbatan farmoyish berish vakolatiga ega bo‗lgan 
o‗zga mansabdor shaxs. H.v. vakillik organlarning mansabdor shaxslari, deputatlar va 
ularning yordamchilari, ijro etuvchi organlarning, nazorat qiluvchi organlarning shun. 
soliq xizmatining, sanitariya-epidemiologiya nazoratining hamda boshqa nazorat 
organlarining mansabdor shaxslari tegishlidir. O‗z vakolatlarini amalga oshirish vaqtida 
h.v. vakolatlariga ega bo‗lgan jamoat birlashmalarning vakillari – jamoat inspektorlari, 
xalq drujinachilari va b.lar ham h.v. hisoblanadilar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin