106
dengiz, havo va havo-desant operatsiyalari (amaliyotlari), hujum va mudofaa
operatsiyalari,
strategik, front (armiyalar guruhi), armiya, flot, flotiliya operatsiyalari
farqlanadi.
HARBIY SIR
— oshkor qilinishi mamlakat mudofaa qobiliyati, davlat
xavfsizligi
va qurolli kuchlari uchun og‗ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan harbiy
yo‗sindagi ma‘lumotlar. H.s.ni oshkor qilganlik uchun O‗zbekiston Respublikasi
qonunchiligida jazo choralari belgilangan.
HARBIY STRATEGIYA
— harbiy
san‘atning eng oliy sohasi. Mamlakat va
qurolli kuchlarni urushga tayyorlash
nazariyasi va amaliyoti, urushni rejalashtirish va
olib borish masalalarini o‗z ichiga oladi, urush
qonuniyatlarini tadqiq qiladi, strategik
operatsiyalarni tayyorlash va o‗tkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi, front,
flot va armiyalarning maqsad va vazifalarini belgilab beradi, kuchlarni harbiy harakatlar-
maydonlari va strategik yo‗nalishlar bo‗yicha taqsimlaydi. H.s.
davlat siyosati bilan
uzviy bog‗liq bo‗lib, harbiy doktrina talablaridan kelib chiqadi. Siyosat H.s. oldiga
vazifalar qo‗yadi. H.s. esa ularning bajarilishini ta‘minlaydi. H.s. iqtisod bilan
jamiyatning
iqtisodiy tuzumi, ishlab chiqarish, fan va texnikaning taraqqiyot darajasi
bilan bog‗liq. H.s. qurolli kuchlar
uchun yagona hisoblanib, tavsiyalarini bajarish uning
barcha turlari uchun majburiydir. H.s, operativlik (tezkorlik) san‘ati va taktikaga nisbatan
dasturiy rol o‗ynaydi va ayni vaqtda ularning imkoniyatlarini hisobga oladi.
Dostları ilə paylaş: