103
to‗rtta bosqichdan iborat bo‗lib, birinchi bosqichda ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o‗rni
va roli bilan bog‗liq turli manfaatlar yig‗indisi belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda ijtimoiy
guruhning jamiyatdagi o‗rni va roliga xos qadriyatlar tizimi shakllanadi. Uchinchi
bosqichda guruh ichida shakllangan turli xil manfaatlar zaminida har bir guruh a‘zosiga
mos keladigan umumiy manfaatlar qaror topadi. To‗rtinchi bosqichda esa ana shu shaxsiy
manfaatlar yig‗indisi boshqa ijtimoiy guruh manfaatlar extiyoj va qadriyatlari bilan
o‗zaro
aloqadorligi, bog‗liqligi vujudga keladi. Shu tarzda guruh siyosiy maqsad-
vazifalari, intilishlari, qadriyatlarini o‗zida mujassamlashtirgan guruh mafkurasi, faoliyat
va dastur taktikasi ishlab chiqiladi.
GUUAM
— mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga a‘zo bo‗lgan davlatlar ruscha
nomlari bosh harflarini bildiradi). Unga 1996-yilda Vena shahri (Avstriya Gruziya,
Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999-yil
aprelda tashkilotga O‗zbekistan ham qo‗shildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi Osiyo-
Kavkaz-Yevropa transport yo‗lagini
ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.
O‗zbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkmaniston)
portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan transport yo‗li vositasida Gruziya g‗arbiy
portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gretsiya
hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim
bilan xorijiy sheriklarga etkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech
qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‗zda tutmaydi
va hech bir davlatga
yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas. Tashkilotga a‘zo davlatlar rahbarlarining
Yalta (2001-yil iyun) uchrashuvida GUUAM xartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida
yagona axborot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, transport
kommunikasiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar
bilan bir qatorda ilm-fan, texnologiya va
ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari to‗g‗risida kelishib olingan.
Dostları ilə paylaş: