Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   462
LUG\'AT

ANARXO-SINDIKALIZM
(yun. 
anarchia
– beboshliq, tartibsizlik; 
syndikos 
– 
uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta‘sirida bo‗lgan oqimi. Kasaba 
uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish 
vositalari mazkur uyushmalar qo‗liga o‗tishi lozim, deb hisoblagan. A.-s. sabotaj, boykot, 
iqtisodiy ish tashlash va kurashning «oliy shakli» sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi 
«to‗g‗ridan-to‗g‗ri harakat» taktikasini yoqlagan. XIX a. oxirlarida Fransiya, Italiya, 
Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, XX a. boshlarida eng ko‗p 
tarqalgan. 
ANAXRONIZM
(yun. 
anachromos
– vaqt, zamon) — yanglish holda bir davrdagi 
voqea yoki hodisalarni boshqasiga almashtirib qo‗yish.
ANGAJIRLIK
— fuqarolarning hokimiyat tuzilmalari va institutlari bilan siyosiy 
faolligi jarayonini ifodalovchi tushuncha. 
ANJUMAN
(fors-tojik) — keng doirada o‗tkaziladigan yig‗ilish, kengash va 
majlislar. 
ANKLAV 
(fr. 
enclave
, lot. 
inclavare
– qulflab olish) — bir davlatning hamma 
tomondan boshqa davlat hududi bilan o‗rab olingan hududi yoki hududining bir qismi. 
Mas., Lesoto davlati JAR hududidagi A. hisoblanadi. Agar A. dengizga tutash bo‗lsa, u 
yarim A. deb ataladi. 
ANNEKSIYA
(lot. 
annexio 
– birlashtirish, qo‗shilish) — bir davlat hududini 
butunlay yoki qisman zo‗ravonlik bilan egallab olish yoki o‗z davlatiga qo‗shib olish 
siyosati, agressiyaning bir turi; shun., elatlarni begona davlat chegaralarida zo‗rlik bilan 
tutib turish. A. hozirgi xalqaro huquqning, jum. kuch qo‗llamaslik va kuch bilan xavf 
solmaslik prinsipi, millatlar o‗z taqdirini o‗zi belgilash huquqining buzilishi hisoblanadi. 
Mas., Arab mamlakatlari hududining bir qismini Isroil davlati tomonidan bosib olinishi 
(1948 va 1967-yil.) A.ga misol bo‗ladi. A. odatda tegishli hududga harbiy tuzilma 
kiritishda ifodalanadi, ya‘ni bu hududni egallab olish yoki zabt etishdir. Biroq A. davlat 
tegishli hududni o‗zining bir qismi deb e‘lon qilishi tariqasida ham bo‗lishi mumkin, bu 
mazkur hududga yana kimdir tajovuz qilganida unga nisbatan qurolli kuchlarning 
qo‗llanishini anglatadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin