Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   462
LUG\'AT

ANTIMONOPOL SIYOSAT 
— q. Monopoliyaga qarshi siyosat. 
ANTINOMIYA 
(yun. 
antinomia
- qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy 
isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa o‗rtasidagi ziddiyat. Qadimgi dunyo 
mutafakkirlari asarlarida A. aporiya shaklida ishlatilgan. XVIII a.da A. haqidagi 
ta‘limotni I.Kant ishlab chiqdi. 
ANTIPATIYA
(
antipatheia
) — biron-bir kimsani yoxud narsani xush ko‗rmaslik, 
yoqtirmaslik, yomon ko‗rish, unga nisbatan sovuq munosabatda bo‗lish. 
ANTISEMITIZM 
(yun. 
anti 

 
qarshi,
 semit
– ivrit, semit) — milliy va diniy bid‘at-
xurofot, yahudiylarga dushmanlik ko‗zi bilan qarash. A. irqiy shovinizmning eng 
mudhish ko‗rinishidir. Tarixda A. turli shakllarda - atayin yolg‗on, tuhmat tarqatish, har 
xil kamsitishlardan tortib, to ommaviy ravishda aholini ko‗chirib yuborish va qirg‗in 
qilish, genotsidgacha namoyon bo‗lgan. Mas., XX a.ning 30-40 yillarida fashistlar 
Germaniyasida genotsid va yahudiy aholisini ta‘qib etish davlatning rasmiy siyosatiga 
aylanganida namoyon bo‗lgan. A.ning shakllari: segregatsiya, diskriminatsiya, genotsid. 
ANTITOTALITAR INQILOB
— totalitar tartiblarning keskin buzilishi jarayoni 
va ijtimoiy hayotning demokratik tuzilmalariga o‗tilishi. Antifashistik, postkommunistik 
tasnifidagi inqiloblar antitotalitarizmga bevosita bog‗liq. Ma‘lumki, XX a.ning oxirgi 
o‗n-yilliklarida ro‗y bergan antitotalitar, postkommunistik, demokratik inqiloblar Sovet 
ittifoqi va b. mamlakatlarda «aniq sotsializm»ni o‗zida aks ettirdi. Sobiq SSSRda mavjud 
bo‗lgan antitotalitar inqiloblar misolida uning alohida xususiyatlarini ko‗rishimiz 
mumkin. 
ANTREPRENER 
(fr. 
entrepreneur
– tadbirkor, ishbilarmon)
 
— xususiy tomosha 
qilish korxona (yirk, teatr)lari egasi. 
ANZYUK
(
Australia, New Zealand, United Kingdom 

ANZUK
) — Angliyaning 
tashabbusi bilan 1971-yilda tuzilgan harbiy-siyosiy tashkiloti. Uning tarkibiga Avstraliya, 
Yangi Zelandiya, Angliya, Malayziya va Singapur kiradi. Malayziya va Singapurni 
tashqaridan bo‗ladigan ehtimoliy hujumdan jamoaviy mudofaa qilish ANZYUKning 
asosiy maqsadi deb e‘lon qilgan. ANZYUK Janubiy-Sharqiy Osiyoda ularning strategik, 
iqtisodiy va harbiy-siyosiy manfaatlarini ta‘minlaydi. U, aslida, bitim qatnashchilari 
bo‗lgan Osiyo mamlakatlarining ichki ishlariga aralashish quroli bo‗lib xizmat qiladi, 
mintaqada milliy-ozodlik harakatlarini bostirishga qaratilgan.
ANZYUS
(
Australia, New Zealand, United States 

 ANZUS
) — Avstraliya, Yangi 
Zelandiya va AQSH o‗rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq. AQSH tashabbusi bilan 


20 
tuzilgan ushbu blok faoliyatining boshlanishiga asos solgan Tinch okean xavfsizlik pakti 
1951-yilda San-Fransiskoda imzolandi va 1952-yilda kuchga kirdi. Uning maqsadi 
Janubiy-Sharqiy Osiyoda va Tinch okean havzasining janubiy qismidagi xalqlarning 
milliy-ozodlik harakatiga qarshi kurashishdan iborat.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin