21
sudi (ikkinchi bosqich sudi) hukmning qonuniyligi va asosligini faqat shikoyat
(protest)da ko‗rsatilgan holatlar bo‗yicha tekshiradi. Apellyasiya sudi ishdagi mavjud
isbotlarni taftish etib, yangi isbotlarni ko‗rib chiqadi, hukmni tasdiqlaydi yoki yangi
hukm chiqaradi. Bu sudda birinchi instansiya sudida so‗roq qilingan guvohlar takroran
so‗roq qilinmaydi, dalillarni bevosita va og‗zaki tekshirish, sud ishlarini yuritishdagi
tortishuv, mahkumni himoya huquqi bilan ta‘minlash va ishni uzoq muddat davomida
ko‗rishdek holatlar chegaralanadi. 2) Biror nufuzli instansiya (tashkilot, shaxslar)ga
yordam so‗rab murojaat qilish, jamoatchilik hukmiga havola etish.
APOLITIZM
(grek.
a
– inkor qiluvchi qo‗shimcha va
polis
– siyosat) — siyosatga,
ijtimoiy hayotda ishtirok etishga befarq yoki beparvo qarash. Siyosatdan yiroqlik,
siyosatdan uzini olib qochish, ijtimoiy-siyosiy hayotdan chetda turish, siyosatga
aralashmaslik. Saylovchilarning ko‗p qismining vakolatli organlarga saylovlarda ishtirok
etishdan bosh tortishi A.ning ko‗rinishlaridan biridir.
APOLOGIYA
(grek.
apologia
– himoya) — biror narsa yoki biror kishini
me‘yoridan ortiqcha, g‗arazli maqtab yuborish, jon-jahdi bilan atayin himoya qilish.
Dostları ilə paylaş: