Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


APATRIDIZM  (yun. vatanni inkor etish) —



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   462
LUG\'AT

APATRIDIZM 
(yun. vatanni inkor etish) —
 
hech qanday fuqarolikka ega 
bo‗lmagan shaxsning huquqiy holati. U biror shaxs biror davlat fuqaroligidan voz 
kechishi yoki mahrum qilinishi va ayni damda boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‗lmagan 
vaqtda ro‗y beradi. Fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar yoki apatridlar turgan mamlakatlari 
qonunlarga bo‗ysunadilar va biror boshqa davlat diplomatik himoyasiga da‘vo 
qilolmaydi. Apatridizm hodisasi odatdan tashqari hol deb qaraladi va davlatlar, odatda, 
fuqaroligi yo‗q shaxslar sonini kamaytirishga intiladilar. Apatridizm haqida xalqaro 
konvensiyalar mavjud: 1961-yilgi apatridlar maqomi haqidagi konvensiya. 
APELLYATSIYA 
(lot. 
appellatio
– murojaat qilish, shikoyat qilish, norozilik 
bildirish) — 1) sud hukmi yoki boshqa organlarning qarorlari ustidan shikoyat arizasi 
berishning bir shakli. Sud hukmi ustidan A. tartibida shikoyat berish yo‗l qo‗yilgan 
davlatlarning jinoyat-protsessual qonunida A. tushunchasi ikkinchi bosqich sudida 
jinoyat ishini mazmunan hal qilish uchun yangidan ko‗rish mumkinligini bildiradi. A. 


21 
sudi (ikkinchi bosqich sudi) hukmning qonuniyligi va asosligini faqat shikoyat 
(protest)da ko‗rsatilgan holatlar bo‗yicha tekshiradi. Apellyasiya sudi ishdagi mavjud 
isbotlarni taftish etib, yangi isbotlarni ko‗rib chiqadi, hukmni tasdiqlaydi yoki yangi 
hukm chiqaradi. Bu sudda birinchi instansiya sudida so‗roq qilingan guvohlar takroran 
so‗roq qilinmaydi, dalillarni bevosita va og‗zaki tekshirish, sud ishlarini yuritishdagi 
tortishuv, mahkumni himoya huquqi bilan ta‘minlash va ishni uzoq muddat davomida 
ko‗rishdek holatlar chegaralanadi. 2) Biror nufuzli instansiya (tashkilot, shaxslar)ga 
yordam so‗rab murojaat qilish, jamoatchilik hukmiga havola etish. 
APOLITIZM
(grek. 
a
– inkor qiluvchi qo‗shimcha va 
polis
– siyosat) — siyosatga, 
ijtimoiy hayotda ishtirok etishga befarq yoki beparvo qarash. Siyosatdan yiroqlik, 
siyosatdan uzini olib qochish, ijtimoiy-siyosiy hayotdan chetda turish, siyosatga 
aralashmaslik. Saylovchilarning ko‗p qismining vakolatli organlarga saylovlarda ishtirok 
etishdan bosh tortishi A.ning ko‗rinishlaridan biridir. 
APOLOGIYA
(grek. 
apologia
– himoya) — biror narsa yoki biror kishini 
me‘yoridan ortiqcha, g‗arazli maqtab yuborish, jon-jahdi bilan atayin himoya qilish.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin