18
ANOMIK GURUHLAR
—
manfaatli guruhlarning xarakteri va uyushkoklik
darajasiga ko‗ra bo‗lingan turlaridan biri. A.g. stixiyali tarzda paydo bo‗ladigan va
emiriladigan guruhlardir. Ular uzoq yashamaydilar, tashkiliy jihatdan tarqoq va davlat
organlari bilan muntazam aloqada bo‗lmaydilar. Anomik guruhlarga stixiyali paydo
bo‗ladigan mitinglar, namoyishlar, boshqa norozilik aksiyalari ishtirokchilarining
guruhlari misol bo‗la oladi. Ko‗pincha ularning harakati kuch ishlatish, majbur qilish
shaklini oladi.
ANSHLYUS
(nem.
anschlus
– qo‗shib olish) — birinchi jahon urushidan keyin
Germaniyaning Avstriyani o‗ziga qo‗shib olishdan iborat zo‗ravonlik siyosati. A. 1938-
yilning 11-12 martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan
yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-yil aprelda ikkinchi jahon urushi davomida ozod
etilganidan so‗ng tiklandi va A.ni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.
ANTAGONIZM
(lot.
antagonisma
– bahs, kurash) — bir-biriga qarama-qarshi
kuchlar, g‗oyalarning keskin kurashini ifodalaydigan ziddiyat. A. tabiat va jamiyat
hodisalarida o‗ziga xos shakl va mazmunga ega. Ekspluatatsiya qilinuvchi qatlam bilan
ekspluatatorlar o‗rtasidagi ziddiyatlar va kurashlar A. hisoblanadi.
ANTANTA
(fr.
entente
– bitim) — 1) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyaning
(1907-yilda qo‘shilgan) Germaniya, Avstriya-Vengriya hamda Italiyaning «Uchlar
ittifoqi»ga qarshi tuzgan. A.ni «Uchlik bitimi» deb ham yuritiladi. A. 1904-1907 yillarda
shakllandi. Har ikkala ittifoqning maqsadi XIX a. oxirida bo‗lingan dunyoni qayta
taqsimlashdan iborat edi. Birinchi jahon urushi davrida A.ga Serbiya, Italiya, Yaponiya,
Belgiya, Gretsiya va Ruminiya, keyinchalik urushga kirgan AQSH qo‗shildi. 2) Yevropa
tarixida boshqa bir kichik bloklar ham shunday nom bilan atalgan. Mas., Buyuk
Britaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat O‗rta dengiz A.si (1887-yil- XIX a.
oxiri); Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya o‗rtasidagi Bolqon A.si (1934-yil –
30-yillar oxiri); Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyaning Kichik A.si (1920-38).
Dostları ilə paylaş: