ARALASH SAYLOV TIZIMI — o‗zida ham majoritar, ham proporsional saylov
tizimlari elementlarini mujassam etadi. Mas., Germaniyada Bundestagga saylovlarda
aralash tizim qo‗llaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab
olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko‗pchilik ovoziga asoslangan majoritar
tizim bo‗yicha, ikkinchi yarmi esa, ko‗p mandatli saylov okruglari hisoblangan german
yerlari (federatsiya subyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar
ro‗yxati asosida proporsional tizim bo‗yicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya,
Gruziya, Litva, Italiya va b. mamlakatlarda ham qo‗llaniladi.
ARALASH JAMIYAT — 1) xususiy va davlat kapitallari ishtirokidagi korxona; 2)
kapitali ikki yoki undan ortiq mamlakatning tadbirkorlariga (jismoniy yoki yuridik
shaxslarga) yoki davlat muassasalariga tegishli bo‗lgan korxona.
ARALASH RESPUBLIKA — (yarim prezidentlik)
respublika boshqaruv
shakllaridan biri. Unda prezidentlik va parlament respublikasi elementlari birgalikda
mavjud: prezident umumxalq saylovida saylanadi; vakolatlari katta bo‗ladi; Hukumat
parlament tomonidan tashkil etiladi va u ham prezident, ham parlament oldida hisobot
beradi; oliy hokimiyatda uchinchi shaxs – premyer-ministr, ya‘ni hukumat boshlig‗i ham
mavjud bo‗ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh
vazir boshqaradi. Prezident ma‘lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish
huquqiga ega. Mas., Fransiyada prezidentni xalq saylaydi, u juda katta vakolatlarga ega,
ammo u hukumatni boshqarmaydi. Bunday respublikalar qatoriga yana Avstriya,
Irlandiya, Portugaliya, Polsha, Finlyandiya, Bolgariya kiradi. Aralash turdagi
respublikalar barqaror belgilarga ega emas va saylov natijalariga ko‗ra u prezidentlik
yoki parlament respublikasi shakliga oson o‗ta oladi.