Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   462
LUG\'AT

ARALASHMASLIK SIYOSATI
— hozirgi xalqaro siyosatning asosiy 
yo‗nalishlaridan biri. Har bir davlatdan bevosita yoki bilvosita, yakka o‗zi yoxud boshqa 
davlatlar bilan jamoa tarzida o‗zga bir davlatning ichki va tashqi ishlariga 
aralashmaslikni taqozo etadi. A.s. davlatlar boshqa bir davlatga nisbatan kuch bilan 


24 
tahdid etishning har qanday shaklini qo‗llashini yoki kuch ishlatishini, siyosiy, iqtisodiy 
yoki boshqa sohalarda qudratini ishga solib, undagi tuzumni ag‗darib tashlashga 
qaratilgan terrorchilik, qo‗poruvchilik va b.ga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bilvosita 
ko‗maklashishini rad etadi. A.s. Buyuk fransuz inqilobi davrida birinchi bor e‘lon 
qilingan, unga binoan barcha davlatlar teng huquqli bo‗lishi, mustaqil ish yuritishi, 
boshqa davlatlarning o‗z ishlariga aralashuviga yo‗l qo‗ymasligi shart. Keyinchalik 
mazkur qoida BMT Ustavida, yana qator boshqa muhim xalqaro hujjatlarda e‘tirof 
qilindi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‗yicha kengash (Xelsinki, 1975-
yil) Yakunlovchi hujjatida mukammal ifodalandi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, 
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini izchil amalga oshirmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida respublika tashqi siyosati 
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa 
qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qo‗yilgan. 
ARAMKO
(ing. 
Arabian American Oil Company (ARAMCO)
— Saudiya 
Arabistonidagi neft konlarini o‗zlashtirish uchun 1933-yilda AQSH dagi eng yirik neft 
kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni 
hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi va 1980-yilga kelib ARAMKOning tanho 
egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish bo‗yicha 
mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQSHning «Ekson», «Shevron», 
«Teksako», «Mobil» neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har-
yili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t neftni qayta ishlaydi (80-yillar oxiri). 
ARBITR
(hakam) — nizoni (ixtilofni) muhokama qilishda vositachi bo‗ladigan 
shaxs. Huquqiy munosabatlarda nizo (ko‗pincha fuqaroviy-huquqiy nizo) ishtirokchilari 
ishning mohiyati bo‗yicha qaror qabul qilishni ishonib topshiradigan vositachilar, odatda, 
arbitrlar deb hisoblanadi. Ko‗pincha ushbu atama holislar sudining sudyasi atamasining 
sinonimi tariqasida qo‗llaniladi. Davlat arbitraji va idoraviy arbitrajlar bekor qilingunga 
qadar ijro etuvchi hokimiyatning ana shu organlarida ishlaydigan hamda korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalarning xo‗jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolar 
yuzasidan qarorlar qabul qiladigan mansabdor shaxslar A. lar deb atalgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin