22
to‗g‗ri. Ammo bu tushuncha sof diniy mazmundan ko‗ra
kengroq mohiyatga ega
ekanligini e‘tiborda tutish zarur. Zero, A. nafaqat dinda, balki ilm-fanda, jum., fal.da ham
o‗zini namoyon etib, ijtimoiy taraqqiyot, milliy istiqlol va inson kamoloti yo‗liga
g‗oyaviy to‗siq bo‗lishi mumkin. Har qanday sohada chuqurroq bilimga ega bo‗lmagan
yoki dastlabki bilimlari bilan cheklanib, o‗z ustida ishlamay qo‗ygan kishilar odatda A.ni
rag‗batlantiruvchi ijtimoiy kuch sifatida-maydonga chiqadilar. A. muayyan dunyoqarash
bilan bog‗liq bo‗lgan va ma‘lum bir g‗oyaga e‘tiqod qilishga imkon yaratadigan
tushunchalarni
yodlab olib, ularni zamon va makondan uzgan holda haqiqatning oxirgi
nuqtasi sifatida targ‗ib etadi. A. sayoz bilimga ega bo‗lgani sababli bahs-munozaraga
tish-tirnog‗i bilan qarshi chiqadi. A. ijtimoiy va milliy ongni jilovlab qo‗yib, ijtimoiy
taraqqiyotni turg‗unlikka, hatto orqaga ketishga sabab bo‗lishi bilan o‗ta xatarlidir.
Dostları ilə paylaş: